وَإِن جَـٰدَلُوكَ فَقُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.Агар улар сен билан тортишсалар: «Аллоҳ нима қилаётганингизни билгувчидир.Alauddin Mansour: Agar ular siz bilan mujodala qilsalar, u holda ayting: «Alloh sizlar qilayotgan (yomon) ishlarni juda yaxshi bilguvchidir».Агар улар сиз билан мужодала қилсалар, у ҳолда айтинг: «Аллоҳ сизлар қилаётган (ёмон) ишларни жуда яхши билгувчидир».
Yaʼni, ey Muhammad, agar u mushriklar sen bilan din, shariat haqida tortishsalar, hiqdu hasad, yomon niyat bilan tortishgan boʻladilar. Shuning uchun, ular bilan bahslashib yurma, ularning qilmishidan xafa ham boʻlma. Yaxshisi, sen ularga qarata:
«Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir», deb ayt».
Ha, Alloh ular nima qilayotganini, hatto nima oʻylayotganini ham juda yaxshi biladi. Bu dunyoda iymon keltirmay, talashib oʻtaversinlar. Ammo sen ularga yana bir bor eslatib qoʻy:
«Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa boʻyicha orangizda hukm qiladir», deb ayt».
Ana oʻsha paytda, Alloh taolo odamlarning din va shariat haqida tortishganlari boʻyicha hukmini chiqarganida, ularning koʻzlari ochiladi. Ammo u vaqtda ochilgan koʻz foyda bermas.