ٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa bo`yicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.Аллоҳ қиёмат куни сиз ихтилоф қилган нарса бўйича орангизда ҳукм қиладир», деб айт.Alauddin Mansour: Alloh Qiyomat Kunida sizlar ixtilof qilib oʻtgan narsalar haqida oʻrtangizda hukm qilur.Аллоҳ Қиёмат Кунида сизлар ихтилоф қилиб ўтган нарсалар ҳақида ўртангизда ҳукм қилур.
Yaʼni, ey Muhammad, agar u mushriklar sen bilan din, shariat haqida tortishsalar, hiqdu hasad, yomon niyat bilan tortishgan boʻladilar. Shuning uchun, ular bilan bahslashib yurma, ularning qilmishidan xafa ham boʻlma. Yaxshisi, sen ularga qarata:
«Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir», deb ayt».
Ha, Alloh ular nima qilayotganini, hatto nima oʻylayotganini ham juda yaxshi biladi. Bu dunyoda iymon keltirmay, talashib oʻtaversinlar. Ammo sen ularga yana bir bor eslatib qoʻy:
«Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa boʻyicha orangizda hukm qiladir», deb ayt».
Ana oʻsha paytda, Alloh taolo odamlarning din va shariat haqida tortishganlari boʻyicha hukmini chiqarganida, ularning koʻzlari ochiladi. Ammo u vaqtda ochilgan koʻz foyda bermas.