أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ إِنَّ ذَٰلِكَ فِى كِتَـٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana o`sha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?!Аллоҳ, албатта, осмону ердаги нарсани билишини, ана ўша, албатта, китобда эканини ва, албатта, у нарса Аллоҳга осон эканини билмайсанми?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz Alloh osmon va Yerdagi bor narsani bilishini bilmadingizmi?! Albatta, bu Kitobda (yaʼni, Lavhul-maxfuzda yozib qoʻyilgandir). Albatta, bu Allohga osondir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз Аллоҳ осмон ва Ердаги бор нарсани билишини билмадингизми?! Албатта, бу Китобда (яъни, Лавҳул-махфузда ёзиб қўйилгандир). Албатта, бу Аллоҳга осондир.
Ushbu oyatdagi savol iqror qildirish maʼnosidadir. Yaʼni, bilar eding-ku, deyilmoqda. Oyati karimadagi «kitob»dan murod «Lavhul mahfuz»dir. Demak, hukm qilish Alloh taolo uchun hech narsa emas. Chunki:
«Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani...» bilguvchi zot.
Yaʼni, shubhasiz, Alloh osmonda ham, yerda ham nima boʻlsa, bilguvchi zotdir. Mushrik va kofirlar osmonu yerdan tashqaridagi odamlar emaski, Alloh ularning qilmishlaridan xabarsiz qolsa. Albatta, U zot ularning hamma ikir-chikirlarini juda yaxshi biladi, shunga qarab hukmni ham chiqaradi.
«...ana oʻsha, albatta, kitobda ekanini...»
Alloh bilibgina qolmay, kitobga yozib ham qoʻygan. Bu esa, hech bir narsa eʼtiborsiz qolmasligini koʻrsatadi.
«...va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini...»
Yaʼni, osmonlaru yerdagi narsani bilish, ularni kitobga yozib borish, keyin shu asosda hukm chiqarish Alloh uchun juda ham osondir.
Ammo shunday boʻlsa ham: