وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَـٰنًا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِۦ عِلْمٌ ۗ وَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohni qo`yib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, o`zlarida u haqda ilm bo`lmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yo`qdir.Улар Аллоҳни қўйиб, У зот у ҳақида бирон ҳужжат туширмаган, ўзларида у ҳақда илм бўлмаган нарсага ибодат қилурлар. Золимларга ҳеч бир нусрат бергувчи йўқдир.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, Quraysh kofirlari) Allohni qoʻyib, U zot (iloh ekaniga) biron hujjat tushirmagan va oʻzlari ham bilmagan narsalarga ibodat qilarlar. Bu zolimlar uchun biron yordamchi yoʻqdir.Улар (яъни, Қурайш кофирлари) Аллоҳни қўйиб, У зот (илоҳ эканига) бирон ҳужжат туширмаган ва ўзлари ҳам билмаган нарсаларга ибодат қиларлар. Бу золимлар учун бирон ёрдамчи йўқдир.
Har bir shariat, har bir tuzum, har bir narsa uchun Alloh tomonidan hujjat va dalil tushgandagina u narsa quvvatli, salobatli boʻladi. Biror muvaffaqiyatdan umid qilsa, boʻladi. Unga ergashsa, uni joriy qilgan Zotning aytganini qilsa, arziydi. Qani, oʻylab koʻraylik-chi, mushriklar ibodat qilayotgan narsalar ibodatga sazovor narsalarmi? Yoʻq, albatta! Ularga ibodat qilish haqida Alloh taolo biror hujjat-dalil tushirmagan. Shuningdek, oʻsha mushrik va kofirlarning oʻzida mazkur narsalarga ibodat qilish zarurligi toʻgʻrisida biror ishonchli ilm ham yoʻq. Hamma qilayotgan ishlari gumon, taxmin va taqlidga asoslangan. Shuning uchun ham, ular zolimlardir. Shuning uchun ham, ularga hech bir yordamchi yoʻqdir.
Kofirlar ibodat qilayotgan narsalari haqida hujjatga, maʼbudlari haqida ilmga ega boʻlmasalar ham, haq daʼvatiga quloq osmay, oʻzlarini tamoman boshqacha tutadilar: