وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ تَعْرِفُ فِى وُجُوهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلْمُنكَرَ ۖ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِٱلَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتِنَا ۗ قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَٰلِكُمُ ۗ ٱلنَّارُ وَعَدَهَا ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni ko`rursan. Ular o`zlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U do`zaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga va'da qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.Уларга очиқ-ойдин оятларимиз тиловат қилинаётганида, куфр келтирганларнинг юзларида инкорни кўрурсан. Улар ўзларига оятларимизни тиловат қилиб бераётганларга чанг солишларига оз қолурлар. Сен уларга: «Бунингиздан ҳам ёмонроқ нарсанинг хабарини берайми? У дўзахдир. Аллоҳ уни куфр келтирганларга ваъда қилгандир. Ва у нақадар ёмон қайтиш жойидир», дегин.Alauddin Mansour: Qachonki ularga Bizning ochiq-ravshan boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir boʻlgan kimsalarning yuzlarida inkor (alomatini) sezursiz. Ular, oʻzlariga Bizning oyatlarimizni tilovat qilayotgan zotlarga chang solishga yaqin boʻlurlar. (Siz ularga) ayting: «Endi men sizlarga bundan yomonroq narsaning xabarini beraymi? (U) Alloh kofir boʻlgan kimsalarga vaʼda qilgan doʻzaxdir. Naqadar yomon oqibat u!»Қачонки уларга Бизнинг очиқ-равшан бўлган оятларимиз тиловат қилинса, кофир бўлган кимсаларнинг юзларида инкор (аломатини) сезурсиз. Улар, ўзларига Бизнинг оятларимизни тиловат қилаётган зотларга чанг солишга яқин бўлурлар. (Сиз уларга) айтинг: «Энди мен сизларга бундан ёмонроқ нарсанинг хабарини берайми? (У) Аллоҳ кофир бўлган кимсаларга ваъда қилган дўзахдир. Нақадар ёмон оқибат у!»
Odatda, hujjatsiz odam hujjati bor odamning hujjatiga eʼtibor berib, undan biror foyda chiqarmikin, deb qiziqishi kerak. Ilmi yoʻq ilmi bordan biror narsa oʻrganishga harakat qilishi kerak. Ammo,
«Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni koʻrursan».
Oʻzlarida hech qanday hujjat-dalil yoʻq boʻlishiga qaramay, Alloh taoloning biru borligiga, ibodatga sazovor yagona zot ekanligiga ochiq-oydin hujjat va dalil boʻlmish Qurʼoni Karim oyatlari oʻqilganida, kufr keltirganlarning yuzlarida darhol inkor alomatlari paydo boʻladi. Yaʼni, inkorlarini ichlarida saqlab turishga ham chidamaydilar. Darhol yuzaga chiqaradilar. Holbuki, ular avvalo bu oyatlarni tinglab, magʻzini chaqishga harakat qilsalar, yaxshi boʻlar edi. Yaxshilik bilan tinglash yoki bahs qilish oʻrniga:
«Ular oʻzlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolur».
Mantiqiy hujjatlar bilan solishtirib, masalani tinch yoʻl bilan hal qilish kofirlarga yot xususiyat. Ojizliklaridan darhol qoʻpollik qilishga oʻtadilar. Toʻgʻri yoʻlga daʼvat qiluvchilarga qarshi kuch ishlatadilar. Ushbu oyati karimada oʻsha haqiqat yana bir bor eslatilmoqda. Kofirlar oʻzlariga Alloh taoloning oyatlarini tilovat qilib berayotgan kishilarga chang solishlariga oz qolishi taʼkidlanmoqda.
Ey Paygʻambar:
«Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U doʻzaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga vaʼda qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin».
Yaʼni, ey, kofirlar, sizga oʻzingiz yomon koʻrayotgan Qurʼonni eshitishdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U narsa doʻzax oʻtidir. Alloh uni sizga oʻxshagan kofirlarga vaʼda qilgandir. U doʻzax qanday ham yomon qaytish joyidir.
Soʻngra Alloh taolo barcha odamlarga quyidagilarni eʼlon qiladi: