QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят73

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخْلُقُوا۟ ذُبَابًا وَلَوِ ٱجْتَمَعُوا۟ لَهُۥ ۖ وَإِن يَسْلُبْهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيْـًٔا لَّا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَٱلْمَطْلُوبُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qo`yib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan o`shani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi.Эй одамлар! Бир масал айтилмиш, бас, унга қулоқ солинг! Албатта, сизлар Аллоҳни қўйиб, топинаётган нарсаларингиз, агар барчалари бирлашсалар ҳам, битта пашша ярата олмаслар. Ва агар пашша улардан бирон нарсани тортиб олса, ундан ўшани қутқариб ололмаслар. Талаб қилувчи ҳам, талаб қилинган ҳам ожиз бўлди.Alauddin Mansour: Ey insonlar, bir masal aytilgandir, bas unga quloq tuting: Aniqki, sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlar agar barchalari birlashganlarida ham bir chivin yarata olmaslar, agar chivin ulardan biron narsani tortib olsa, uni (oʻsha chivindan ham) qutqarib ola bilmaslar. (Demak, oʻsha butlardan hojatini (ravo qilishni soʻraguvchi (mushrik) ham, soʻralguvchi (butlar) ham nochor-notavondir.Эй инсонлар, бир масал айтилгандир, бас унга қулоқ тутинг: Аниқки, сизлар Аллоҳни қўйиб илтижо қилаётган бутлар агар барчалари бирлашганларида ҳам бир чивин ярата олмаслар, агар чивин улардан бирон нарсани тортиб олса, уни (ўша чивиндан ҳам) қутқариб ола билмаслар. (Демак, ўша бутлардан ҳожатини (раво қилишни сўрагувчи (мушрик) ҳам, сўралгувчи (бутлар) ҳам ночор-нотавондир.

341-sahifa · 17-juz · 34-hizb341-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларضُرِبَaytilmishайтилмишمَثَلٌۭbir masalбир масалفَٱسْتَمِعُوا۟bas, quloq solingбас, қулоқ солингلَهُۥٓ ۚungaунгаإِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻsha narsalarўша нарсаларتَدْعُونَsizlar topinayotganсизлар топинаётганمِن-dan-данدُونِqoʻyibқўйибٱللَّهِAllohniАллоҳниلَنhargiz emasҳаргиз эмасيَخْلُقُوا۟yarata olmaslarярата олмасларذُبَابًۭاbitta pashshaбитта пашшаوَلَوِva agarва агарٱجْتَمَعُوا۟barchalari birlashsalarбарчалари бирлашсаларلَهُۥ ۖuning uchunунинг учунوَإِنva agarва агарيَسْلُبْهُمُulardan tortib olsaулардан тортиб олсаٱلذُّبَابُpashshaпашшаشَيْـًۭٔاbiron narsaniбирон нарсаниلَّاemasэмасيَسْتَنقِذُوهُoʻshani qutqarib ololmaslarўшани қутқариб ололмасларمِنْهُ ۚundanунданضَعُفَojiz boʻldiожиз бўлдиٱلطَّالِبُtalab qiluvchiталаб қилувчиوَٱلْمَطْلُوبُva talab qilinganва талаб қилинган
TafsirТафсир

Ey odamlar, ichingizda baʼzilar Allohni qoʻyib, turli-tuman narsalarga topinib, ularni rozi qilish uchun harakat qilib yuribdilar. Oʻshalarga eʼtiqod qilib, ulardan biror narsa kutib yuribdilar. Ammo bilib qoʻysinlarki, Allohdan boshqa hamma narsa juda ham zaifdir, qoʻlidan hech narsa kelmaydi. Buni tushunishingiz qiyin boʻlsa:

«Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling!»

Bu umumiy masaldir. Hamma uchun barobardir.

«Albatta, sizlar Allohni qoʻyib topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar.»

Boshqa katta jonzotlarni qoʻysinlar-u, eng kichik, eng haqir, eng ahamiyatsiz koʻringan pashshani yaratishga urinib koʻrsinlar. Aqalli, bitta pashsha yaratib bersinlar. Yarata olmaslar. Xoʻsh, endi bir dona pashshani yarata olmagan butga qanday qilib topinish, sigʻinish, aytganini (agar aytolsa,) qilish mumkin? Aslo mumkin emas. Umuman, aqlga, mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Qanchadan-qancha urinishlarga qaramasdan, bu ishga hech kim muyassar boʻlgani yoʻq, boʻlmaydi ham.

Bir dona pashsha yaratish-ku qiyin ekan, unda, osonrogʻini qilib koʻrsin.

«Agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan oʻshani qutqarib ololmaslar.»

Pashsha juda zaif, juda haqir jon. Ammo, u sabab boʻlib baʼzi bir kasalliklarni tashib keltirsa, mushriklar va ularning sanamlari hammasi toʻplanib, harakat qilsa ham, oʻsha kasallikdan zarar koʻrayotganni yoki oʻlayotganni qutqarib qololmaydilar. Buni hamma hayotda koʻrgan.

«Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz boʻldi.»

Yaʼni, Allohdan oʻzganing ibodatini talab qiluvchi ham, ibodati talab qilingan narsalar ham ojizdirlar. Biron narsa qoʻllaridan kelmas.

Allohdan oʻzgaga topinganlar,