لَعَلِّىٓ أَعْمَلُ صَـٰلِحًا فِيمَا تَرَكْتُ ۚ كَلَّآ ۚ إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَآئِلُهَا ۖ وَمِن وَرَآئِهِم بَرْزَخٌ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der. Yo`q! Albatta, bu (quruq) so`z bo`lib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha to`siq bordir.Шоядки, тарк қилган нарсамда солиҳ амал қилсам», дер. Йўқ! Албатта, бу (қуруқ) сўз бўлиб, у айтгувчи, холос. Уларнинг ортида қайта тириладиган кунларигача тўсиқ бордир.Alauddin Mansour: Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yoʻq! (U aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat, bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan soʻzdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga qaytishlaridan toʻsib turadigan) bir toʻsiq boʻlur.Шояд, мен қолган умримда яхши амал қилсам», деб қолур. Йўқ! (У асло ҳаётга қайтарилмас). Дарҳақиқат, бу (ҳар бир жон бераётган кофир) айтадиган сўздир. Уларнинг ортида то қайта тириладиган кунларигача (дунёга қайтишларидан тўсиб турадиган) бир тўсиқ бўлур.
Mushriklarning har biriga oʻlim kelganda, haqiqatni tushunib yetadi, ahvoli chatoqligi koʻziga koʻrinadi, oʻtkazgan umriga afsusnadomatlar qilib, oʻlim talvasasida:
«Ey Robbim, meni qaytargin. Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der».
U, Allohdan oʻzini dunyo hayotiga yana qaytarishini soʻrab yolvoradi. Agar qaytsa, solih amallar qilishga vaʼda beradi.
«Yoʻq!»
Endi ortga qaytish yoʻq. Endi vaqt oʻtdi. Mushrikning oʻlim talvasasida aytayotgan gapidir bu.
«Albatta, bu (quruq) soʻz boʻlib, u aytguvchi, xolos.»
Bu eʼtiborga loyiq soʻz emas. Uning aytuvchisi ham hech narsaga arzimaydi.
«Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha toʻsiq bordir.»
Ular bu dunyoni tark etib hayotdan koʻz yumdilarmi, tamom, orqalaridan toʻsiq paydo boʻladi. Endi, to qiyomat boʻlib, qayta tirilmagunlaricha, hayotga qayta olmaydilar. Ular oldidagi toʻsiq «Barzax» deb ataladi. Barzaxdagi odam na bu dunyoga va na u dunyoga tegishli boʻladi. Bu dunyodan oʻtib, u dunyoni kutib turgan boʻladi. Kofir va mushriklar bu yerda qiyomatgacha doimiy azobda turadilar.