حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ٱرْجِعُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki ulardan biriga o`lim kelgan chog`da: «Ey Robbim, meni qaytargin.Токи улардан бирига ўлим келган чоғда: «Эй Роббим, мени қайтаргин.Alauddin Mansour: Toki qachon ulardan (yaʼni, mushriklardan) biriga oʻlim kelganida: «Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar.Токи қачон улардан (яъни, мушриклардан) бирига ўлим келганида: «Парвардигор, мени (яна ҳаётга) қайтаринглар.
Mushriklarning har biriga oʻlim kelganda, haqiqatni tushunib yetadi, ahvoli chatoqligi koʻziga koʻrinadi, oʻtkazgan umriga afsusnadomatlar qilib, oʻlim talvasasida:
«Ey Robbim, meni qaytargin. Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der».
U, Allohdan oʻzini dunyo hayotiga yana qaytarishini soʻrab yolvoradi. Agar qaytsa, solih amallar qilishga vaʼda beradi.
«Yoʻq!»
Endi ortga qaytish yoʻq. Endi vaqt oʻtdi. Mushrikning oʻlim talvasasida aytayotgan gapidir bu.
«Albatta, bu (quruq) soʻz boʻlib, u aytguvchi, xolos.»
Bu eʼtiborga loyiq soʻz emas. Uning aytuvchisi ham hech narsaga arzimaydi.
«Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha toʻsiq bordir.»
Ular bu dunyoni tark etib hayotdan koʻz yumdilarmi, tamom, orqalaridan toʻsiq paydo boʻladi. Endi, to qiyomat boʻlib, qayta tirilmagunlaricha, hayotga qayta olmaydilar. Ular oldidagi toʻsiq «Barzax» deb ataladi. Barzaxdagi odam na bu dunyoga va na u dunyoga tegishli boʻladi. Bu dunyodan oʻtib, u dunyoni kutib turgan boʻladi. Kofir va mushriklar bu yerda qiyomatgacha doimiy azobda turadilar.