QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят98

وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir bo`lishlaridan panoh so`rayman», deb ayt.Эй Роббим, Сендан уларнинг менга ҳозир бўлишларидан паноҳ сўрайман», деб айт.Alauddin Mansour: Yana men Sendan (yo) Parvardigorim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh berishingni soʻrayman».Яна мен Сендан (ё) Парвардигорим, улар менинг ҳузуримга келишларидан паноҳ беришингни сўрайман».

348-sahifa · 18-juz · 35-hizb348-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَعُوذُva panoh soʻraymanва паноҳ сўрайманبِكَSendanСенданرَبِّey Robbimэй Роббимأَن...dan...данيَحْضُرُونِularning menga hozir boʻlishlariуларнинг менга ҳозир бўлишлари
TafsirТафсир

Bu amr ham, xuddi avvalgisi kabi, maʼsum, shayton vasvasiga uchishdan Alloh tomonidan saqlangan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavozuʼ va bandaliklarini izhor qilish hamda ummatlariga taʼlim berish uchundir.

Keyingi oyatlarda mushriklarning oqibati qanday tugashi bayon qilinadi.

Mushriklar bu dunyodan oʻzlarining aqlga ham, mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydigan eʼtiqodlariga mahkam yopishib oʻtaveradilar.