فَإِذَا نُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَلَآ أَنسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍ وَلَا يَتَسَآءَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar.Бас, қачонки сурга пуфланганда, у кунда ораларида на насаб қолур ва на бир-бирларини суриштирурлар.Alauddin Mansour: Bas, qachon sur chalinganida (yaʼni, Qiyomat qoyim boʻlganida) ana u kunda ularning oʻrtalarida hech qanday nasl nasab qolmas va ular bir-birlari bilan savol-javob ham qila olmaslar.Бас, қачон сур чалинганида (яъни, Қиёмат қойим бўлганида) ана у кунда уларнинг ўрталарида ҳеч қандай насл насаб қолмас ва улар бир-бирлари билан савол-жавоб ҳам қила олмаслар.
Yaʼni, qiyomatdan darak berguvchi surga puflangan paytda har kim oʻzi bilan ovora boʻlib, odamlar orasida naslu nasab aloqalari qolmaydi va hamma otasi, onasi, aka-ukasi, bola-chaqasidan qochadigan boʻlib qoladi.
«...va na bir-birlarini surishtirurlar.»
«Falonchi qayerda qoldi? Pistonchiga nima boʻldi?» deyish ham birovning xayoliga kelmay qoladi.