QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят106

قَالُوا۟ رَبَّنَا غَلَبَتْ عَلَيْنَا شِقْوَتُنَا وَكُنَّا قَوْمًا ضَآلِّينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Robbimiz, badbaxtligimiz o`zimizdan ustun kelib, zalolatga ketgan qavm bo`lgan ekanmiz.Улар: «Эй Роббимиз, бадбахтлигимиз ўзимиздан устун келиб, залолатга кетган қавм бўлган эканмиз.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Parvardigoro, badbaxtligimiz bizlardan gʻolib kelib, adashgan qavm boʻlib qolgan ekanmiz.Улар дедилар: «Парвардигоро, бадбахтлигимиз бизлардан ғолиб келиб, адашган қавм бўлиб қолган эканмиз.

349-sahifa · 18-juz · 35-hizb349-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизغَلَبَتْustun keldiустун келдиعَلَيْنَاustimizdanустимизданشِقْوَتُنَاbadbaxtligimizбадбахтлигимизوَكُنَّاva boʻlgan ekanmizва бўлган эканмизقَوْمًۭاqavmқавмضَآلِّينَzalolatga ketganзалолатга кетган
TafsirТафсир

Ular oʻzlarining badbaxtliklarini ham, adashganliklarini ham tan olish bilan birga, oʻlayotgan paytdagi iltijolarini doʻzaxda turib ham qiladilar. Alloh taolodan oʻzlarini doʻzaxdan chiqarib, dunyo hayotiga qaytarishni soʻraydilar. Agar talablari amalga oshsa, avvalgi gunohlarini takrorlamaslikka vaʼda beradilar. Ammo ularning bu iltimoslari bajo keltiriladimi?

Alloh ularning bu gaplariga nima javob qiladi?