قَالَ ٱخْسَـُٔوا۟ فِيهَا وَلَا تُكَلِّمُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «U(er)da xor bo`lib qolavering va Menga gapirmang!У зот: «У(ер)да хор бўлиб қолаверинг ва Менга гапирманг!Alauddin Mansour: (Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor boʻlingiz va Menga soʻz qotmangiz!(Аллоҳ) айтди: «(Жаҳаннамда) хор бўлингиз ва Менга сўз қотмангиз!
Ushbu oyatlarda mushriklarning oʻzlarini dunyo hayotiga qaytarish toʻgʻrisidagi soʻrovlariga Alloh taoloning javobi va nima uchun bunday javob boʻlganining sharhi kelmoqda. Alloh ularning mazkur soʻrovlariga javoban: «U(yer)da xor boʻlib qolavering va menga gapirmang!» dedi. Yaʼni, jahannamda xor boʻlgan holingizda qolavering. U yerdan chiqmaysiz. Hamda Menga gapirmang. Turli soʻrovlar soʻramang. Buning oʻziga yarasha sababi bor. «Aniqki...» U dunyoda «...Mening bandalarimdan bir guruhi...» Yaʼni, moʻmin-musulmon bandalarim: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik». Biz senga iymon keltirib, moʻmin boʻldik. Umidimiz shulki, «Bizni magʻfirat qilgin. Bizga rahim qilgin». Bizning gunohlarimizni kechgin. Oʻz rahmatingga olgin. «Sening Oʻzing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar. «Bas, siz ularni masxara qildingiz.» Oʻzingiz kofir boʻlganingiz yetmaganidek, menga iymon keltirib, iltijo qilgan bandalarimni masxara ham qildingiz. «Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi.» Ularni masxara qilish bilan ovora boʻlib Meni unutdingiz. «Siz ulardan kular edingiz.» Yaʼni, siz oʻsha bandalarimning iymonlari, iltijolari, dindorliklari ustidan kular edingiz. Mana endi, sizlarni bugun doʻzaxga soldim, azobga giriftor qilib jazoladim. «Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim.» Jannatga doxil qildim. «Albatta, ular oʻzlari yutuqqa erishguvchilardir.» Soʻngra soʻzida davom etib: