QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят16

ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ تُبْعَثُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni qayta tiriltirilursiz.Сўнгра, албатта, сизлар қиёмат куни қайта тирилтирилурсиз.Alauddin Mansour: Soʻngra shak-shubhasiz, sizlar Qiyomat Kunida qayta tirilursizlar.Сўнгра шак-шубҳасиз, сизлар Қиёмат Кунида қайта тирилурсизлар.

342-sahifa · 18-juz · 35-hizb342-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграإِنَّكُمْalbatta, sizlarалбатта, сизларيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматتُبْعَثُونَqayta tiriltirilursizlarқайта тирилтирилурсизлар
TafsirТафсир

Ana shundan soʻng abadiy hayot boshlanadi. Abadiy hayotning qay tarzda kechishi esa, bu dunyo hayotida iymonli yoki iymonsiz oʻtish, solih yoki gunoh amallar qilishga bogʻliqdir. Kim iymon keltirib, solih amallar qilgan boʻlsa, jannatlardagi nozu neʼmatlardan abadiy bahramand boʻlib, rohat-farogʻatda oʻtadi. Kim iymonli holda gunoh ishlarga «shoʻngʻigan» boʻlsa, jahannamdagi azob-uqubatlardan «nasibasi»ni olmaguncha jannatga kirolmaydi. Va kim kufr keltirib, iymonsiz holda vafot etsa, har qancha solih amallar qilgan boʻlsa ham, jahannamdagi azob-uqubatlarda abadiy qoladi.

Insonni iymon keltirishga undaydigan dalillar faqat uning yaratilishi, tuzilishi, hayoti va mamotidagina emas, balki atrof javonibidagi borliqda ham juda koʻpdir.

Ey insonlar, bu dalillarga eʼtibor bilan boqsangiz, darhol anglab yetasiz.