QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят17

وَلَقَدْ خَلَقْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعَ طَرَآئِقَ وَمَا كُنَّا عَنِ ٱلْخَلْقِ غَـٰفِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz ustingizda yetti yo`lni yaratdik. Biz maxluqotdan g`ofil bo`lgan emasmiz.Батаҳқиқ, Биз устингизда етти йўлни яратдик. Биз махлуқотдан ғофил бўлган эмасмиз.Alauddin Mansour: (Qasamki) Biz sizlarning ustingizda yetti yoʻlni (yaʼni, yetti qavat osmonni) yaratdik. Biz Oʻz xalqimizdan gʻofil boʻlmadik.(Қасамки) Биз сизларнинг устингизда етти йўлни (яъни, етти қават осмонни) яратдик. Биз Ўз халқимиздан ғофил бўлмадик.

342-sahifa · 18-juz · 35-hizb342-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva qasamki, batahqiqва қасамки, батаҳқиқخَلَقْنَاBiz yaratdikБиз яратдикفَوْقَكُمْustingizdaустингиздаسَبْعَyettiеттиطَرَآئِقَyoʻlniйўлниوَمَاva emasва эмасكُنَّاBiz boʻlganmizБиз бўлганмизعَنِ-dan-данٱلْخَلْقِmaxluqotмахлуқотغَـٰفِلِينَgʻofilғофил
TafsirТафсир

Yaʼni, ey odamlar, Biz ustingizga yetti tabaqa osmonni yaratib qoʻyganmiz. Shunday jonsiz, mustahkam va cheksiz narsalarda nima boʻlayotganini ham bilib turamiz.

«Biz maxluqotdan gʻofil boʻlgan emasmiz.»

Bu ham Allohga iymon keltirishga yorqin dalildir. Alloh taolodan boshqa kim yetti qavat osmonni yoki ulardagi birorta zarrani yaratibdi? Alloh taolodan boshqa kim ulardagi hamma narsani bilib turibdi? Demak, osmonlar va maxluqotlarning borligi Alloh taoloning borligiga dalolatdir. Odamlar bu dalillarni koʻrganlaridan keyin iymon keltirishlari zarur.