وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍ فَأَسْكَنَّـٰهُ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَإِنَّا عَلَىٰ ذَهَابٍۭ بِهِۦ لَقَـٰدِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.Биз осмондан ўлчов ила сув тушириб, уни ерга жойлаштирдик. Албатта, Биз уни кетказишга ҳам қодирдирмиз.Alauddin Mansour: Va Biz osmondan (aniq) oʻlchov bilan suv (yomgʻir-qor) yogʻdirib, uni yerga joylab qoʻydik. Shak-shubhasiz, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.Ва Биз осмондан (аниқ) ўлчов билан сув (ёмғир-қор) ёғдириб, уни ерга жойлаб қўйдик. Шак-шубҳасиз, Биз уни кетказишга ҳам қодирдирмиз.
Osmondan oʻlchov ila suv tushirib, uni yerda qarorlashtirish ham Alloh taoloning ishidir. Kim osmondan kerakli miqdorda suv tushira oladi? Yerdagi hamma suv osmondan oʻlchov bilan tushgandir. Ortiqcha ham emas, kam ham emas. Shuning oʻzini ibrat nazari bilan oʻylagan odam iymonga kelishi kerak.
«Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.»
Suvni keltirgan Zot ketkaza olmasmidi? Alloh taolo suvni ketkazishiga dalil sifatida baʼzan maʼlum joylarni suvdan bebahra qilib qoʻyadi. Oʻsha yerda qurgʻoqchilik boʻlib, hamma narsa halokatga yuz tutadi. Ana shu qurgʻoqchilik hodisalari ham Alloh taoloning qudratiga dalolat qiladi. Ular ham odamlarni iymonga chaqiradigan ibratli narsalardir.