فَأَنشَأْنَا لَكُم بِهِۦ جَنَّـٰتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَـٰبٍ لَّكُمْ فِيهَا فَوَٰكِهُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u (suv) ila siz uchun xurmo va uzum bog`lari paydo qildik, sizga u(bog`)larda ko`p mevalar bo`lib, ulardan yersizlar.Ва у (сув) ила сиз учун хурмо ва узум боғлари пайдо қилдик, сизга у(боғ)ларда кўп мевалар бўлиб, улардан ерсизлар.Alauddin Mansour: Soʻng Biz sizlar uchun u (suv) yordamida xurmo va uzum bogʻlarini paydo qildik. Sizlar uchun u (bogʻlarda) koʻp mevalar boʻlur, sizlar ulardan yeysizlar.Сўнг Биз сизлар учун у (сув) ёрдамида хурмо ва узум боғларини пайдо қилдик. Сизлар учун у (боғларда) кўп мевалар бўлур, сизлар улардан ейсизлар.
Ushbu ikki oyatda vasfi kelgan nabotot olami ham Alloh taoloning biru borligiga dalil oʻlaroq taʼkidlanmoqda. Biz sizlar uchun xurmo va uzum bogʻlari paydo qildik.
Garchi oyatda xurmo bilan uzum misol keltirilayotgan boʻlsa-da, boshqa barcha mevalar ham shunga oʻxshaydi. Xurmo, uzum singari mevalar va ularning navlari qayerdan paydo boʻlganini inson bir oʻylab koʻrsin.
«...sizga u(bogʻ)larda koʻp mevalar boʻlib, ulardan yersizlar.»
Xurmo mevasining turlari oʻzi qanchadan-qancha. Uzum turi qanchadan-qancha. Inson oʻsha mevalarni yeydi. Bir-biridan farqlaydi. Oʻsha xurmo va uzum mevalarini kim turli xil qilib qoʻyibdi? Kim ularning shakllari va ranglarini turli qilibdi? Kim taʼmlarini turlicha etibdi? Bularga eʼtibor nazari bilan qaragan har bir odam iymonga kelmasdan iloji yoʻq. Shuningdek, ham yogʻ, ham nonxurish sifatida ishlatiladigan, koʻproq Turi Siynoda oʻsadigan zaytun ham ibratga sazovor daraxt sanaladi.