QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят20

وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَآءَ تَنۢبُتُ بِٱلدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْـَٔاكِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yog` va yeguvchilarga nonxurish ila o`sur.Ва Тури Сийнодан чиқадиган бир дарахтни (пайдо қилдикки), у ёғ ва егувчиларга нонхуриш ила ўсур.Alauddin Mansour: Yana (Biz sizlar uchun) Turi Sayno (togʻi)dan chiqadigan yogʻli va yeguvchilar uchun (non) hurush boʻlgan holda oʻsadigan bir daraxtni (yaʼni, zaytunni yaratdik).Яна (Биз сизлар учун) Тури Сайно (тоғи)дан чиқадиган ёғли ва егувчилар учун (нон) ҳуруш бўлган ҳолда ўсадиган бир дарахтни (яъни, зайтунни яратдик).

343-sahifa · 18-juz · 35-hizb343-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَشَجَرَةًۭva bir daraxtniва бир дарахтниتَخْرُجُchiqadiganчиқадиганمِن-dan-данطُورِTuriТуриسَيْنَآءَSiynoСийноتَنۢبُتُoʻsurўсурبِٱلدُّهْنِyogʻ ilaёғ илаوَصِبْغٍۢva nonxurish ilaва нонхуриш илаلِّلْـَٔاكِلِينَyeguvchilargaегувчиларга
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyatda vasfi kelgan nabotot olami ham Alloh taoloning biru borligiga dalil oʻlaroq taʼkidlanmoqda. Biz sizlar uchun xurmo va uzum bogʻlari paydo qildik.

Garchi oyatda xurmo bilan uzum misol keltirilayotgan boʻlsa-da, boshqa barcha mevalar ham shunga oʻxshaydi. Xurmo, uzum singari mevalar va ularning navlari qayerdan paydo boʻlganini inson bir oʻylab koʻrsin.

«...sizga u(bogʻ)larda koʻp mevalar boʻlib, ulardan yersizlar.»

Xurmo mevasining turlari oʻzi qanchadan-qancha. Uzum turi qanchadan-qancha. Inson oʻsha mevalarni yeydi. Bir-biridan farqlaydi. Oʻsha xurmo va uzum mevalarini kim turli xil qilib qoʻyibdi? Kim ularning shakllari va ranglarini turli qilibdi? Kim taʼmlarini turlicha etibdi? Bularga eʼtibor nazari bilan qaragan har bir odam iymonga kelmasdan iloji yoʻq. Shuningdek, ham yogʻ, ham nonxurish sifatida ishlatiladigan, koʻproq Turi Siynoda oʻsadigan zaytun ham ibratga sazovor daraxt sanaladi.