وَإِنَّ لَكُمْ فِى ٱلْأَنْعَـٰمِ لَعِبْرَةً ۖ نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِى بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَـٰفِعُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sug`orurmiz va siz uchun ularda ko`pgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.Албатта, сиз учун чорва ҳайвонларида ибрат бордир. Биз сизни уларнинг қоринларидаги нарса ила суғорурмиз ва сиз учун уларда кўпгина манфаатлар бор ва улардан ерсизлар.Alauddin Mansour: Albatga sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir — Biz sizlarni ularning qornidagi sut bilan sugʻorurmiz, yana sizlar uchun ularda (yunglaridan kiyimlar toʻqish, minish kabi) koʻp foydalar bordir, shuningdek ular(ning goʻsht-yogʻlari)dan yeysizlar.Албатга сизлар учун чорва молларида ҳам ибрат бордир — Биз сизларни уларнинг қорнидаги сут билан суғорурмиз, яна сизлар учун уларда (юнгларидан кийимлар тўқиш, миниш каби) кўп фойдалар бордир, шунингдек улар(нинг гўшт-ёғлари)дан ейсизлар.
Bu oyati karimada hayvonot olami ham Alloh taoloning biru borligiga dalil ekanligi taʼkidlanmoqda.
«Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir.»
Chorva hayvonlarini kim yaratdi? Ularga kim jon berdi? Kim ularni turlicha qilib qoʻydi? Allohdan boshqa hech kim! Butun dunyo birlashganda ham chorva hayvonlarining biror tukini yarata olmaydi.
Endi chorva hayvonlarining yaratilishidan ulardagi baʼzi jarayonlarga oʻtaylik. Alloh taolo:
«Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sugʻorurmiz...» demoqda.
Hayvonlarda sut qanday paydo boʻladi? Ular yegan ozuqaning bir qismini sutga aylantirish xususiyatini kim yaratgan? Qandoq qilib hayvon yegan yem-xashakning bir qismi chiqindiga, bir qismi sutga aylanadi? Ushbu narsaning oʻzi Alloh taoloning biru borligiga yorqin dalildir. Bunga ibrat nazari bilan qaragan odam iymon keltirishi lozimdir.
«...va siz uchun ularda koʻpgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.»
Chorva hayvonlaridan insonga xilma-xil manfaatlar keladi. Inson chorva hayvonlarining hamma narsasidan, hatto chiqindisidan ham foydalanadi. Inson deyarli har kun ularning goʻshtidan yeydi, sutidan ichadi. Bularning hammasi ham ibrat nazari bilan qaragan kishilarni, albatta, iymonga chorlaydi.