ثُمَّ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا تَتْرَا ۖ كُلَّ مَا جَآءَ أُمَّةً رَّسُولُهَا كَذَّبُوهُ ۚ فَأَتْبَعْنَا بَعْضَهُم بَعْضًا وَجَعَلْنَـٰهُمْ أَحَادِيثَ ۚ فَبُعْدًا لِّقَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga o`z Payg`ambari kelsa, uni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ham ularni ba'zilari ortidan ba'zilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu so`zga aylantirdik. Bas, daf' bo`lsin iymon keltirmaydigan qavmlar!Сўнгра Пайғамбарларимизни кетма-кет юбордик. Ҳар қачон бир умматга ўз Пайғамбари келса, уни ёлғончи қилдилар. Бас, Биз ҳам уларни баъзилари ортидан баъзиларини (ҳалокатга) эргаштиравердик ва уларни гапу сўзга айлантирдик. Бас, дафъ бўлсин иймон келтирмайдиган қавмлар!Alauddin Mansour: Soʻngra paydar-pay paygʻambarlar yubordik. Har qachon biron millatga oʻz paygʻambarlari kelsa, uni yolgʻonchi qildilar. Bas, Biz ularni (yaʼni, u iymonsiz millatlarni) birin-ketin (halok qildik) va ularni (kishilar oʻrtasida koʻchib yuradigan) gapga aylantirib qoʻydik. Bas, iymon keltirmaydigan qavmga halokat boʻlgay.Сўнгра пайдар-пай пайғамбарлар юбордик. Ҳар қачон бирон миллатга ўз пайғамбарлари келса, уни ёлғончи қилдилар. Бас, Биз уларни (яъни, у иймонсиз миллатларни) бирин-кетин (ҳалок қилдик) ва уларни (кишилар ўртасида кўчиб юрадиган) гапга айлантириб қўйдик. Бас, иймон келтирмайдиган қавмга ҳалокат бўлгай.
Bu oyatda Alloh taolo yuborgan Paygʻambarlar bilan ularning qavmlari orasida boʻlib oʻtgan hodisalar umumiy qoida sifatida zikr qilinmoqda.
«Soʻngra Paygʻambarlarimizni ketma-ket yubordik.»
Odamlarni hidoyatga boshlash uchun birin-ketin Paygʻambarlarni yubordik. Orani uzmadik. Doimo Paygʻambar yuborib turdik.
Ammo odamlar Paygʻambarlar bilan toʻgʻri muomalada boʻlmadilar.
«Har qachon bir ummatga Paygʻambar kelsa, uni yolgʻonchi qildilar.»
Qachon, qaysi bir ummatga Paygʻambar kelsa, albatta, ular oʻzlariga kelgan Paygʻambarni yolgʻonchi qildilar.
«...Biz ham ularni baʼzilari ortidan baʼzilarini (halokatga) ergashtiraverdik...»
Yaʼni, ummatlarga ketma-ket Paygʻambar kelaverdi, ular Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilaverdilar, Biz ham ularni birin-ketin halok etaverdik.
«...va ularni gapu soʻzga aylantirdik.»
Ortlaridan kelganlar, falonchilar unday azobga yoʻliqqan ekan, pistonchilar bunday azobga uchragan ekan, deb gapu soʻz qilib yuradigan etib qoʻydik.
«Bas, daf boʻlsin iymon keltirmaydigan qavmlar!»
Yoʻqolsin! Halok boʻlsin! Uzoq boʻlsin iymonsizlar!