QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят5

وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَـٰفِظُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular farjlarini saqlovchilardir.Улар фаржларини сақловчилардир.Alauddin Mansour: Ular avratlarini (haromdan-zinodan) saqlaguvchi kishilardir.Улар авратларини (ҳаромдан-зинодан) сақлагувчи кишилардир.

342-sahifa · 18-juz · 35-hizb342-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ular (shundaylarki)ва улар (шундайларки)هُمْularуларلِفُرُوجِهِمْfarjlariniфаржлариниحَـٰفِظُونَsaqlovchilardirсақловчилардир
TafsirТафсир

Moʻmin kishilar oʻz qalblari, shaxslari, ibodatlari, soʻzlari va ishlari hamda mollarini pokiza tutishlari bilan birga, jinsiy hayotlarini ham pok yuritadilar. Bu esa, oʻz navbatida, insonning ruhi, oilasi va jamiyati pokligiga dalolat qiladi. Moʻmin kishilar faqat oʻz jufti halollari va mulk boʻlib tushgan choʻrilari bilangina aloqa qiladilar. Boshqa jinsiy aloqalar moʻminlar uchun haromdir. Bu poklik boshqalari qatori nihoyatda zarur poklikdir. Shu tufayli, avval aytilganidek, insonning ruhi, oilasi va jamiyati poklanadi. Shu tufayli insonning nasli pok boʻladi. Zinodan saqlanish moʻminlarni najotga eltuvchi mazkur asosiy sifatlardan biridir. Busiz ul najotdan umid qilmasa ham boʻladi. Shuning uchun ham, kelgusi oyatda aytiladiki: