إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar o`z jufti halollari va qo`llarida mulk bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinguvchi emaslar.Магар ўз жуфти ҳалоллари ва қўлларида мулк бўлганлардан (сақламасалар), албатта, улар маломат қилингувчи эмаслар.Alauddin Mansour: Magar oʻz juftu-halollaridan va qoʻllaridagi choʻrilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar.Магар ўз жуфту-ҳалолларидан ва қўлларидаги чўриларидангина (сақланмайдилар). Бас, улар маломат қилинмаслар.
Moʻmin kishilar oʻz qalblari, shaxslari, ibodatlari, soʻzlari va ishlari hamda mollarini pokiza tutishlari bilan birga, jinsiy hayotlarini ham pok yuritadilar. Bu esa, oʻz navbatida, insonning ruhi, oilasi va jamiyati pokligiga dalolat qiladi. Moʻmin kishilar faqat oʻz jufti halollari va mulk boʻlib tushgan choʻrilari bilangina aloqa qiladilar. Boshqa jinsiy aloqalar moʻminlar uchun haromdir. Bu poklik boshqalari qatori nihoyatda zarur poklikdir. Shu tufayli, avval aytilganidek, insonning ruhi, oilasi va jamiyati poklanadi. Shu tufayli insonning nasli pok boʻladi. Zinodan saqlanish moʻminlarni najotga eltuvchi mazkur asosiy sifatlardan biridir. Busiz ul najotdan umid qilmasa ham boʻladi. Shuning uchun ham, kelgusi oyatda aytiladiki: