وَجَعَلْنَا ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥٓ ءَايَةً وَءَاوَيْنَـٰهُمَآ إِلَىٰ رَبْوَةٍ ذَاتِ قَرَارٍ وَمَعِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibn Maryamni va uning onasini oyat-alomat qildik va ikkovlarini oqar suvli qarorgoh tepalikka joyladik.Ибн Марямни ва унинг онасини оят-аломат қилдик ва икковларини оқар сувли қароргоҳ тепаликка жойладик.Alauddin Mansour: (Keyin) Maryamning oʻgʻli (Iysoni) va uning onasi Maryamni (Bizning qudratimizga dalolat qiladigan) oyat-alomat qildik va ikkisini bir oqar suvli baland-koʻrkam qarorgohga joyladik.(Кейин) Марямнинг ўғли (Ийсони) ва унинг онаси Марямни (Бизнинг қудратимизга далолат қиладиган) оят-аломат қилдик ва иккисини бир оқар сувли баланд-кўркам қароргоҳга жойладик.
Yaʼni, Iyso ibn Maryam alayhissalomni va u kishining onalari Bibi Maryamni Alloh taolo Oʻz qudratiga dalolat qiluvchi moʻʼjiza–alomat oʻlaroq yubordi. Hamda ikkovlarini Baytul Maqdis yeridan oqar suvi bor, yashashga qulay bir tepalikka joyladi.
Shu oʻrinda Alloh taolo hamma Paygʻambar alayhissalomlarga bir xitob qiladi: