وَإِنَّ هَـٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱتَّقُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling.Албатта, сизнинг бу умматингиз ягона умматдир. Мен эса, Роббингизман. Бас, Менга тақво қилинг.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, (barchangizni) millatingiz (yaʼni, diningiz) bir millat (yaʼni, Islomdir). Men esa sizlarning Parvardigoringizdirman, bas, Mendangina qoʻrqingiz!»Шак-шубҳасиз, (барчангизни) миллатингиз (яъни, динингиз) бир миллат (яъни, Исломдир). Мен эса сизларнинг Парвардигорингиздирман, бас, Мендангина қўрқингиз!»
Yaʼni, ey Paygʻambarlar, sizning diningiz bitta, millatingiz bitta–Islom. Robbingiz bitta–Alloh. Bas, oʻsha yagona Robbingiz boʻlgan Allohga taqvo qiling.
Keyingi oyatlarda barcha Paygʻambarlar oʻtib ketganlaridan soʻng oxirgi Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam kelishlaridan oldin odamlar qaysi holga tushib qolganlari vasf qilinadi va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ular bilan qanday muomalada boʻlish yuzasidan tavsiyalar beriladi: