QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят70

أَمْ يَقُولُونَ بِهِۦ جِنَّةٌۢ ۚ بَلْ جَآءَهُم بِٱلْحَقِّ وَأَكْثَرُهُمْ لِلْحَقِّ كَـٰرِهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki, unda jinnilik bor, derlarmi? Yo`q! U ularga haq ila keldi. Ularning ko`plari esa, haqni yomon ko`rguvchidirlar.Ёки, унда жиннилик бор, дерларми? Йўқ! У уларга ҳақ ила келди. Уларнинг кўплари эса, ҳақни ёмон кўргувчидирлар.Alauddin Mansour: Yoxud: «Unda (Muhammadda) jinnilik bor», dedilarmi?! Yoʻq! (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) ularga Haqiqatni keltirdi. Ularning koʻplari esa Haqiqatni yomon koʻrguvchilardir.Ёхуд: «Унда (Муҳаммадда) жиннилик бор», дедиларми?! Йўқ! (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) уларга Ҳақиқатни келтирди. Уларнинг кўплари эса Ҳақиқатни ёмон кўргувчилардир.

346-sahifa · 18-juz · 35-hizb346-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَقُولُونَdeydilarmiдейдилармиبِهِۦundaундаجِنَّةٌۢ ۚjinnilik borжиннилик борبَلْyoʻq!йўқ!جَآءَهُمu ularga keldiу уларга келдиبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаوَأَكْثَرُهُمْva ularning koʻplariва уларнинг кўплариلِلْحَقِّhaqniҳақниكَـٰرِهُونَyomon koʻrguvchidirlarёмон кўргувчидирлар
TafsirТафсир

Yaʼni, yoki mushriklar, Muhammad sollallohu alayhi vasallamda jinnilik bor, deb Qurʼondan yuz oʻgirmoqdalarmi? Unda jinnilik boʻlmaganida, yuz oʻgirmas edik, demoqchimilar? «Yoʻq!» Bu bahonalarning birortasi ham oʻrinli emas. U bahonalar mushriklarning Qurʼondan, Islomdan yuz oʻgirishlariga sabab boʻla olmaydi. Bu yerda boshqa sabab bor: «U ularga haq ila keldi». Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularga haq din ila keldilar, haq kitob ila keldilar. «Ularning koʻplari esa, haqni yomon koʻrguvchidirlar.» Shuning uchun, ular Islomdan yuz oʻgirmoqdalar. Ular haqni yomon koʻradilar. Chunki, haq ularning havoyi nafslariga qarshidir.