QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят71

وَلَوِ ٱتَّبَعَ ٱلْحَقُّ أَهْوَآءَهُمْ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ۚ بَلْ أَتَيْنَـٰهُم بِذِكْرِهِمْ فَهُمْ عَن ذِكْرِهِم مُّعْرِضُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yo`q! Biz ularga o`z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar.Агар ҳақ уларнинг ҳавойи нафсларига эргашса, албатта, осмонлару ер ва улардаги кимсалар фасодга учрар эди. Йўқ! Биз уларга ўз шарафларини келтирдик. Улар эса, шарафларидан юз ўгирмоқдалар.Alauddin Mansour: Agar Haqiqat — Qurʼon ularning havoi nafslariga ergashsa edi (yaʼni, unda: «Allohning sheriklari bor», degan gap kelsa edi, albatta osmonlar, Yer va ulardagi bor jonzot buzilib-halok boʻlgan boʻlur edi. Yoʻq, Biz ular uchun eslatma keltirdik. Ular esa oʻzlariga (kelgan) eslatmadan yuz oʻgirguvchidirlar.Агар Ҳақиқат — Қуръон уларнинг ҳавои нафсларига эргашса эди (яъни, унда: «Аллоҳнинг шериклари бор», деган гап келса эди, албатта осмонлар, Ер ва улардаги бор жонзот бузилиб-ҳалок бўлган бўлур эди. Йўқ, Биз улар учун эслатма келтирдик. Улар эса ўзларига (келган) эслатмадан юз ўгиргувчидирлар.

346-sahifa · 18-juz · 35-hizb346-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوِva agarва агарٱتَّبَعَergashsaэргашсаٱلْحَقُّhaqҳақأَهْوَآءَهُمْularning havoyi nafslarigaуларнинг ҳавойи нафсларигаلَفَسَدَتِalbatta fasodga uchrar ediалбатта фасодга учрар эдиٱلسَّمَـٰوَٰتُosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضُva yerва ерوَمَنva kimsalarва кимсаларفِيهِنَّ ۚulardagiулардагиبَلْyoʻq!йўқ!أَتَيْنَـٰهُمBiz ularga keltirdikБиз уларга келтирдикبِذِكْرِهِمْoʻz sharaflariniўз шарафлариниفَهُمْular esaулар эсаعَن-dan-данذِكْرِهِمsharaflariшарафлариمُّعْرِضُونَyuz oʻgirmoqdalarюз ўгирмоқдалар
TafsirТафсир

Haq bitta, yaʼni, Allohning dinidir. Hamma haqqa ergashmogʻi lozim. Ammo kofirlar haqni chegaralamoqchi boʻladilar. Haqni oʻz xohishlariga boʻysundirishni istaydilar. Mushriklar haq oʻzlarining havoyi nafslariga ergashishini xohlaydilar. Shuning uchun ham: menimcha, din undoq boʻlishi kerak yoki bundoq boʻlishi lozim, piston narsa bilan chegaralanishi zarur, deydilar.

«Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi.»

Chunki, haq bitta, odamlarning havoyi nafslari esa, cheksizdir. Shuning uchun ham, havoyi nafs ila haqiqatga erishib boʻlmaydi. Qachon havoyi nafsning koʻyiga tushilsa, fasodga uchraladi. Fasodga uchramaslik uchun haq odamlarning havoyi nafsiga emas, balki odamlarning havoyi nafslari haqqa tobe boʻlishi kerak. Odamlar dinni emas, din odamlarni chegaralashi lozim. Allohdan kelgan haq– Islom odamlarni yoʻlga solishi kerak. Ammo odamlar u haqdan– Islomdan yuz oʻgirmoqdalar. Haqni–Islomni havoyi nafslariga ergashtirishni istaydilar.

«Yoʻq!»

Ularning bu ishlari notoʻgʻri! Haqdan yuz oʻgirishlari ham, haqni havoyi nafslariga tobe qilmoqchi boʻlishlari ham notoʻgʻri!

«Biz ularga oʻz sharaflarini keltirdik.»

Biz keltirgan Qurʼon–Islom–haq ular uchun sharafdir. Kim haqqa ergashsa, amal qilsa, shon-sharafga ega boʻladi.

«Ular esa, sharaflaridan yuz oʻgirmoqdalar.»

Ularning Alloh taolo dinidan yuz oʻgirishlari oʻzlariga atalgan shon-sharafdan yuz oʻgirishlaridir.

Biz «sharaf» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «zikr» lafzi bilan kelgan. «Zikr» eslash, yod qilish maʼnosini ham anglatadi. Bu oyatda odamlar tomonidan zikr qilib yuriladigan darajada martabaga erishtiradigan narsa koʻzda tutilganini eʼtiborga olgan ulamolarimiz bu oyatdagi «zikr»ni «sharaf» deb taʼviyl qilganlar. Misol uchun, arablar Islomgacha insoniyat tarixida hech zikr etilmas edi. Islomdan soʻng ular zikrga erishdilar. Butun dunyo ularni zikr qiladigan boʻldi. Bu esa, ular uchun sharafdir.

Shunday ekan, xoʻsh, ular nima uchun Islomdan yuz oʻgirmoqdalar?