QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят72

أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ خَرْجًا فَخَرَاجُ رَبِّكَ خَيْرٌ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki sen ulardan xaroj so`rayapsanmi?! Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir. U zot eng yaxshi rizq berguvchidir.Ёки сен улардан харож сўраяпсанми?! Бас, Роббингнинг харожи яхшироқдир. У зот энг яхши ризқ бергувчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), yoki siz ulardan xarj (yaʼni, Qurʼon oyatlarini keltirganingiz evaziga haq) soʻramoqdamisiz? (Yoʻq, siz hargiz ulardan xarj soʻramassiz, chunki) Parvardigoringizning xarji — beradigan ajri yaxshiroqdir. U eng yaxshi rizq berguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ёки сиз улардан харж (яъни, Қуръон оятларини келтирганингиз эвазига ҳақ) сўрамоқдамисиз? (Йўқ, сиз ҳаргиз улардан харж сўрамассиз, чунки) Парвардигорингизнинг харжи — берадиган ажри яхшироқдир. У энг яхши ризқ бергувчидир.

346-sahifa · 18-juz · 35-hizb346-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиتَسْـَٔلُهُمْsen ulardan soʻrayapsanmiсен улардан сўраяпсанмиخَرْجًۭاxarojхарожفَخَرَاجُbas, xarojiбас, харожиرَبِّكَRobbingningРоббингнингخَيْرٌۭ ۖyaxshiroqdirяхшироқдирوَهُوَva U zotва У зотخَيْرُeng yaxshisidirэнг яхшисидирٱلرَّٰزِقِينَrizq berguvchilarningризқ бергувчиларнинг
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Paygʻambar, nima uchun ular haqdan yuz oʻgiradilar?! Yoki sen haqqa chaqirganing evaziga ulardan sarf-xarajat, molu dunyo soʻrayapsanmi? Senga ularning xarojining keragi yoʻq.

Paygʻambar alayhissalomlarning hech birlari, xususan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham daʼvatlari evaziga insonlardan biror narsa tamaʼ qilmaganlarini Alloh yaxshi biladi. Ammo bu yerdagi savol kofirlarning shunday daʼvolarining asossizligini isbotlash uchundir. Zero:

«Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir».

Senga daʼvating uchun ajrni Robbing beradi. Robbing beradigan ajr esa, hamma ajrlardan yaxshidir. Chunki:

«U zot eng yaxshi rizq berguvchidir».

Undan boshqa rizq beruvchi yoʻqdir.

Ular nima uchun haqdan yuz oʻgiradilar? Yoki sen ularni yomon yoʻlga chaqirmoqdamisan?