QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят74

وَإِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ عَنِ ٱلصِّرَٰطِ لَنَـٰكِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlar bu yo`ldan ozguvchidirlar.Албатта, охиратга иймон келтирмайдиганлар бу йўлдан озгувчидирлар.Alauddin Mansour: Albatta Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar ushbu yoʻldan ozguvchidirlar.Албатта Охиратга иймон келтирмайдиган кимсалар ушбу йўлдан озгувчидирлар.

346-sahifa · 18-juz · 35-hizb346-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّva albattaва албаттаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиганبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаعَنِ-dan-данٱلصِّرَٰطِbu yoʻlбу йўлلَنَـٰكِبُونَalbatta ozguvchidirlarалбатта озгувчидирлар
TafsirТафсир

Kofir va mushriklarning haqdan yuz oʻgirishlarining asosiy sabablaridan biri shuldir. Ular oxiratga iymon keltirmaydilar. Qiyomat boʻlishiga, oʻlganlar qayta tirilishiga, hisob-kitob boʻlishiga, jazo va mukofot berilishiga ishonmaydilar. Shuning uchun, Islomning toʻgʻri yoʻlidan yurmay, undan ogʻib, boshqa tomon ketadilar.

Ana oʻshanday kishilar qalbi tosh, hech narsadan taʼsirlanmaydigan maxluqqa aylanib qoladilar. Yaxshi neʼmat yetsa ham, ibrat olmaydilar. Yomon musiybatga uchrasa ham, oʻzlariga kelmaydilar. Sarkashliklarida, tugʻyonlarida bardavom boʻlaveradilar.