QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят75

۞ وَلَوْ رَحِمْنَـٰهُمْ وَكَشَفْنَا مَا بِهِم مِّن ضُرٍّ لَّلَجُّوا۟ فِى طُغْيَـٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tug`yonlarida bardavom bo`lib, adashib-uloqib yuraveradilar.Агар уларга раҳим қилиб, уларга етган зарарни кушойиш қилсак ҳам, туғёнларида бардавом бўлиб, адашиб-улоқиб юраверадилар.Alauddin Mansour: Agar Biz ularga rahm-shafqat qilsak va ular bilan boʻlgan narsani (qahatchilikni) aritsak, shak-shubhasiz, ular yana oʻz tugʻyonlarida adashib-uloqib yurishga qayturlar.Агар Биз уларга раҳм-шафқат қилсак ва улар билан бўлган нарсани (қаҳатчиликни) аритсак, шак-шубҳасиз, улар яна ўз туғёнларида адашиб-улоқиб юришга қайтурлар.

347-sahifa · 18-juz · 35-hizb347-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَلَوْva agarва агарرَحِمْنَـٰهُمْularga rahm qilsakуларга раҳм қилсакوَكَشَفْنَاva kushoyish qilsakва кушойиш қилсакمَاnarsaniнарсаниبِهِمularga yetganуларга етганمِّن-dan-данضُرٍّۢzararзарарلَّلَجُّوا۟albatta bardavom boʻlurlarалбатта бардавом бўлурларفِى-da-даطُغْيَـٰنِهِمْtugʻyonlariтуғёнлариيَعْمَهُونَadashib-uloqib yuraveradilarадашиб-улоқиб юраверадилар
TafsirТафсир

Insonga yetadigan musiybat, qiyinchiliklar turlicha boʻladi. Baʼzi bir musiybat va qiyinchiliklar kishining poklanishi va yuqori darajalarga yetishi yoʻlida xizmat qiladi. Bu xil musiybatlar odatda ahli solih, mujohid kishilarga yetadi. Bu haqda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida: «Musulmon kishiga tashvish, gʻam, qiyinchilik yetsa, hattoki bir tikon kirsa ham, Alloh taolo oʻshaning sababidan xatolarini kechiradi», deganlar.

Baʼzan musiybat va ofatlar haddan oshgan kishini toʻgʻri yoʻlga solish xizmatini oʻtaydi. Oʻzini bilganlar musiybat yetishi bilan darhol tavba qilib, oʻzini oʻnglaydi, toʻgʻri yoʻlga tushib oladi.

Oʻzini bilmaganlar esa, haddan oshib, sarkashlik qiladi. Oʻnglanishni oʻziga ep koʻrmaydi. Odatda, bunday toifalar rizqi moʻl-koʻl, hukmi, sultoni yoyilgan odamlar ichida koʻproq boʻladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarshi turgan qurayshliklar ana oʻshanday toifadan edilar. Ularning kibru havosi olamni tutar edi. Haqning yoʻliga toʻsiq boʻlgan edilar. Hatto, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga qarshi: «Ey bor Xudoyo, menga ularning ustida oʻzing Yusufning (qahatchilik) yillariga oʻxshash yillar bilan yordam bergin», deb duoi bad qilishga majbur boʻldilar. Alloh taolo bu duoni qabul qildi. Qurayshni qahatchilik va ocharchilikka duchor etdi. Ular oʻlimtik goʻshtlarni, itlarni yedilar, hattoki, jun bilan terini qoʻshib qonga bulab, qovurib yedilar. Lekin shunda ham iymonga kelmadilar. Alloh taolo ana oʻshalarga va ularga oʻxshaganlarga ishora etib:

«Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tugʻyonlarida bardavom boʻlib adashib-uloqib yuraveradilar», deydi.

Ha, Quraysh kofirlari ham tugʻyonlarida bardavom boʻlib, adashib-uloqib, qariyb yigirma yil Islomga, Qurʼonga, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga dushmanlik qilib yurdilar.