حَتَّىٰٓ إِذَا فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا ذَا عَذَابٍ شَدِيدٍ إِذَا هُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki qachon ularga shiddatli azob eshigini ochganimizda, to`satdan noumid bo`lguvchilardir.Токи қачон уларга шиддатли азоб эшигини очганимизда, тўсатдан ноумид бўлгувчилардир.Alauddin Mansour: To qachon Biz ularga qattiq azob-qahatchilik darvozasini ochib qoʻyganimizda, esa banogoh ular noumid boʻlguvchidirlar.То қачон Биз уларга қаттиқ азоб-қаҳатчилик дарвозасини очиб қўйганимизда, эса баногоҳ улар ноумид бўлгувчидирлар.
Yaʼni, oxirat azobiga duchor boʻlganlaridagina ularning aqllari kiradi.
Ammo ushbu tahdid bilan birga taʼlim-tarbiyaga, aqlini peshlashga daʼvat ham davom etaveradi. Shuning uchun, kelgusi oyatlarda Alloh odamlarga bergan neʼmatlar esga olinadi. Ularning qanday yaratilganliklari, ularga kechayu kunduz, quyoshu oy qanday boʻysundirib qoʻyilgani hamda ularga koʻz, quloq va qalblar qanday berilgani zikr qilinadi. Soʻngra, ularga mushrikliklari aqlga toʻgʻri kelmasligi va notoʻgʻri tafakkur oqibati ekanini fosh etuvchi uchta savol beriladi. Ularni tavhidga ixlos qilishga daʼvat etiladi.