وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَـٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizga quloqni, ko`zlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!У зот сизга қулоқни, кўзлару қалбларни пайдо қилган зот. Нақадар оз шукр қилурсиз!Alauddin Mansour: (Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, koʻzlarni va dillarni paydo qilgan Zotdir. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar.(Аллоҳ) сизлар учун қулоқ(лар)ни, кўзларни ва дилларни пайдо қилган Зотдир. Сизлар эса камдан-кам шукр қилурсизлар.
Alloh taolo sizga eshitishingiz uchun quloqni, koʻrishingiz uchun koʻzlarni, idrok etishingiz uchun qalbni bergan zot. Agar siz insof qilsangiz, aql ishlatib, fikr yuritsangiz, oʻsha neʼmatlarning shukri uchunoq Allohga iymon keltirib, ibodat qilib oʻtishingiz kerak edi. Chunki mazkur narsalarni oʻzingiz paydo qila olmaysiz, Allohdan boshqa hech bir zot ham ularni sizga yaratib bera bilmaydi. Ammo siz noshukrsiz, shuning uchun Allohga ibodat qilmaysiz. Unga shirk keltirasiz.