وَهُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizlarni yer yuzida yaratib, taratgandir. Va Ungagina to`planursizlar.У зот сизларни ер юзида яратиб, таратгандир. Ва Унгагина тўпланурсизлар.Alauddin Mansour: U sizlarni Yer yuzida yaratib — (taratgan) Zotdir. Va sizlar (Qiyomat Kunida) Uning huzuriga toʻplanursizlar.У сизларни Ер юзида яратиб — (таратган) Зотдир. Ва сизлар (Қиёмат Кунида) Унинг ҳузурига тўпланурсизлар.
Alloh sizlarni yoʻqdan bor qilib yaratgan, yer yuzida taratgan zotdir. Shuning uchun ham, unga iymon keltirib, ibodat qilmogʻingiz lozim. Hamda qiyomat kunida:
«...Ungagina toʻplanursizlar».
Shunda Alloh sizlarni savolga tutib, hisob-kitob qiladi va jazo yoki mukofot beradi. Shuning uchun ham, unga iymon keltirib, ibodat qilmogʻingiz lozim.