QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят80

وَهُوَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَلَهُ ٱخْتِلَـٰفُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot tiriltirur va o`ldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz?У зот тирилтирур ва ўлдирур. Кечаю кундузнинг алмашиниши ҳам Унга оид. Наҳотки ақл юритмасангиз?Alauddin Mansour: U hayot va oʻlim beradigan Zotdir. Kecha va kunduzning oʻzgarib turishi ham Uning (izmidadir). Axir aql yurgizmaysizlarmi?!У ҳаёт ва ўлим берадиган Зотдир. Кеча ва кундузнинг ўзгариб туриши ҳам Унинг (измидадир). Ахир ақл юргизмайсизларми?!

347-sahifa · 18-juz · 35-hizb347-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva U zotва У зотٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиيُحْىِۦtiriltirurтирилтирурوَيُمِيتُva oʻldirurва ўлдирурوَلَهُva Unga oidва Унга оидٱخْتِلَـٰفُalmashinishiалмашинишиٱلَّيْلِkechaningкечанингوَٱلنَّهَارِ ۚva kunduzningва кундузнингأَفَلَاnahotki emasнаҳотки эмасتَعْقِلُونَaql yuritasizақл юритасиз
TafsirТафсир

Har lahzada qanchadan-qancha jonzot tirilib, dunyoga kelmoqda, har lahzada qanchadan-qancha jonzot oʻlib, dunyodan ketmoqda. Ularni tiriltirayotgan ham, oʻldirayotgan ham Alloh. Allohdan boshqa hech bir zot hayot va oʻlim ishiga aralasha olmaydi. Jumladan, sizning hayotingiz ham, oʻlimingiz ham Allohning amri ila boʻladi. Binobarin, siz U zotga iymon keltirib, ibodat qilmogʻingiz lozim.

«Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid.»

Doimiy almashinib turadigan kecha bilan kunduzni oling. Ularning ulkan neʼmat ekanini oʻylang. Agar Alloh ularni yaratmasa, almashinib turadigan qilib qoʻymasa, hech bir zot bu ishni bajara olmasligini oʻylang. Ana oʻshanda Allohga iymon keltirib, ibodat qilasiz.

«Nahotki aql yuritmasangiz?»

Agar ular aql yuritsalar, shuncha dalil va hujjatlardan keyin, albatta, Allohga iymon keltirgan va ibodat qilgan boʻlar edilar.