وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَـٰنَـٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.Улар омонатларига ва аҳдларига риоя қилгувчилардир.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, moʻminlar) oʻzlariga ishonilgan omonatlarga va (oʻzgalarga) bergan ahdu paymonlariga rioya qilguvchi kishilardir.Улар (яъни, мўминлар) ўзларига ишонилган омонатларга ва (ўзгаларга) берган аҳду паймонларига риоя қилгувчи кишилардир.
Moʻminlar yakka hollarida ham, jamoat hollarida ham omonatlariga va ahdlariga rioya qiladilar. Oʻzlari bilan Allohning orasidagi omonatlarga va ahdlarga rioya etadilar.
Moʻmin bilan moʻmin orasidagi omonatlariga va ahdlariga rioya qiladilar.
Oʻzlari bilan oʻzgalar orasidagi omonatlar va ahdlarga ham rioya qiladilar. Omonatga va ahdga rioya qilmaslik moʻminlikka ziddir. Ushbu sifatni oʻzida mujassam qilgan moʻmingina najotga erishish uchun zarur sifatlardan biriga ega boʻladi.