قَالُوٓا۟ أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lganimizdan keyin ham-a? Biz, albatta, qayta tiriltiriluvchimizmi-a?Улар: «Биз ўлиб, тупроқ ва суяк бўлганимиздан кейин ҳам-а? Биз, албатта, қайта тирилтирилувчимизми-а?Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Bizlar oʻlib tuproq va suyaklarga aylangan vaqtimizda yana qayta tirilguvchimizmi?!Улар дедилар: «Бизлар ўлиб тупроқ ва суякларга айланган вақтимизда яна қайта тирилгувчимизми?!
Yuqoridagi dalillardan keyin ularning bu gapni aytishlari juda ham gʻarib va ahmoqonadir. Ular oʻlgandan keyin qayta tirilishlarini inkor etibgina qolmasdan, balki bu bashoratni masxara ham qildilar. Uni «afsona» deb aytdilar.
Shu yerga kelganda Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, mushriklarning mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan ishlar qilayotganlarini fosh etish uchun, quyidagi uch savolni berishni buyurdi.