QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят83

لَقَدْ وُعِدْنَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا هَـٰذَا مِن قَبْلُ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, bizga ham, bundan oldin ota-bobolarimizga ham bu va'da qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa narsa emas», dedilar.Батаҳқиқ, бизга ҳам, бундан олдин ота-боболаримизга ҳам бу ваъда қилинган эди. Бу аввалгиларнинг афсонасидан бошқа нарса эмас», дедилар.Alauddin Mansour: Darvoqeʼ, bizlarga ham, ilgari ota-bobolarimizga ham mana shu vaʼda qilingan. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir».Дарвоқеъ, бизларга ҳам, илгари ота-боболаримизга ҳам мана шу ваъда қилинган. Бу фақат аввалгиларнинг афсоналаридир».

347-sahifa · 18-juz · 35-hizb347-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْbatahqiqбатаҳқиқوُعِدْنَاbizga vaʼda qilingan ediбизга ваъда қилинган эдиنَحْنُbizga hamбизга ҳамوَءَابَآؤُنَاva ota-bobolarimizgaва ота-боболаримизгаهَـٰذَاbuбуمِن-dan-данقَبْلُoldinолдинإِنْemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّآboshqaбошқаأَسَـٰطِيرُafsonasidanафсонасиданٱلْأَوَّلِينَavvalgilarningаввалгиларнинг
TafsirТафсир

Yuqoridagi dalillardan keyin ularning bu gapni aytishlari juda ham gʻarib va ahmoqonadir. Ular oʻlgandan keyin qayta tirilishlarini inkor etibgina qolmasdan, balki bu bashoratni masxara ham qildilar. Uni «afsona» deb aytdilar.

Shu yerga kelganda Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, mushriklarning mantiqqa toʻgʻri kelmaydigan ishlar qilayotganlarini fosh etish uchun, quyidagi uch savolni berishni buyurdi.