مَا ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ مِن وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُۥ مِنْ إِلَـٰهٍ ۚ إِذًا لَّذَهَبَ كُلُّ إِلَـٰهٍۭ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ سُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh bo`lmagan. Shundoq bo`lganida, har bir iloh o`zi yaratgan narsasi bilan ketib, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok bo`ldi.Аллоҳ ҳеч бир фарзанд тутмаган, У билан бирга ҳеч бир илоҳ бўлмаган. Шундоқ бўлганида, ҳар бир илоҳ ўзи яратган нарсаси билан кетиб, баъзилари баъзиларидан устун келар эди. Аллоҳ улар қилаётган васфдан пок бўлди.Alauddin Mansour: Allohning bolasi yoʻqdir va U zot bilan birga biron iloh boʻlgan emasdir. Aks holda albatta har bir iloh oʻzi yaratgan narsa bilan ketib, bir-birlaridan ustun boʻlib olur edilar, (yaʼni, har bir «iloh» oʻz hukmini oʻtkazmoqni istab, natijada Yeru osmon buzilib ketgan boʻlur edi). Alloh ular aytayotgan sheriklardan pokdir.Аллоҳнинг боласи йўқдир ва У зот билан бирга бирон илоҳ бўлган эмасдир. Акс ҳолда албатта ҳар бир илоҳ ўзи яратган нарса билан кетиб, бир-бирларидан устун бўлиб олур эдилар, (яъни, ҳар бир «илоҳ» ўз ҳукмини ўтказмоқни истаб, натижада Еру осмон бузилиб кетган бўлур эди). Аллоҳ улар айтаётган шериклардан покдир.
Mushriklarning eʼtiqodlari mutlaqo notoʻgʻridir.
Hech qachon «Alloh hech bir farzand tutmagan...»
Uning oʻgʻli ham, qizi ham yoʻq. Boʻlmagan ham.
Shuningdek:
«...U bilan birga hech bir iloh boʻlmagan».
Alloh taologa ilohlikda sheriklik qiladigan hech bir zot umuman boʻlmagan. Bu, aqlga ham, mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydi.
«Shundoq boʻlganida, har bir iloh oʻzi yaratgan narsasi bilan ketib, baʼzilari baʼzilaridan ustun kelar edi.»
Yaʼni, agar Allohdan boshqa yana iloh boʻlganida, u ham oʻziga biror narsalarni yaratgan boʻlar edi. Binobarin, oʻsha yaratgan narsasini tasarruf ham qilishi kerak boʻlardi. Oqibatda, har bir iloh oʻzi yaratgan narsani oʻzicha tasarruf qilaverib, dunyoning nizomi buzilar edi. Har bir iloh oʻzinikini oʻtkazaman deb urinishi natijasida oralarida nizo chiqar, baʼzilari baʼzilaridan ustun kelar edi. Dunyo nizomi buzilar edi. Allohning sherigi borligi haqidagi aqiydaning notoʻgʻriligini shundan bilib olsa ham boʻladi. Bu aqiyda Allohdek zotga ayb, nuqsonni vasf qilishdir.
«Alloh ular qilayotgan vasfdan pok boʻldi.»