QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят93

قُل رَّبِّ إِمَّا تُرِيَنِّى مَا يُوعَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey Robbim, agar menga ularga va'da qilingan narsani ko`rsatadigan bo`lsang...Сен: «Эй Роббим, агар менга уларга ваъда қилинган нарсани кўрсатадиган бўлсанг...Alauddin Mansour: Ayting: «Parvardigorim, agar Sen menga (kofirlarga) vaʼda qilinayotgan (azob)ni (ularning ustiga tushganini) koʻrguzadigan boʻlsang;Айтинг: «Парвардигорим, агар Сен менга (кофирларга) ваъда қилинаётган (азоб)ни (уларнинг устига тушганини) кўргузадиган бўлсанг;

348-sahifa · 18-juz · 35-hizb348-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلsen aytсен айтرَّبِّey Robbimэй Роббимإِمَّاagarагарتُرِيَنِّىmenga koʻrsatadigan boʻlsangменга кўрсатадиган бўлсангمَاnarsaniнарсаниيُوعَدُونَularga vaʼda qilinganуларга ваъда қилинган
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan bu amrda Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamga kelajakda boʻlishi mumkin narsadan panoh tilab duo qilishni oʻrgatmoqda.

«Ey Robbim, agar menga, albatta, ularga vaʼda qilingan narsani koʻrsatadigan boʻlsang...»

Yaʼni, sen mushriklarga vaʼda qilingan azobni ularga tushirib, men uni koʻradigan boʻlsam,

«...Ey Robbim meni zolim qavmlar ichida qilmagin».

Yaʼni, meni ham ular bilan azobga duchor qilmagin.

Albatta, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam maʼsumdirlar, u kishi azobga duchor boʻlmasliklari aniq. Ulamolarimiz Alloh taolo oyat nozil qilib u zot sollallohu alayhi vasallamga bu duoni oʻrgatishining ikkita hikmati borligini aytganlar.

Birinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavozuʼlari va bandaliklarini izhor qilishdir.

Ikkinchisi, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga taʼlimdir.

Keyingi oyatlarda Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilinayotgan xitobni davom ettiradi: