QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят94

رَبِّ فَلَا تَجْعَلْنِى فِى ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbim, meni zolim qavmlar ichida qilmagin», deb ayt.Эй Роббим, мени золим қавмлар ичида қилмагин», деб айт.Alauddin Mansour: Parvardigorim, (oʻsha soatda) meni u zolim qavm bilan birga qilmagin».Парвардигорим, (ўша соатда) мени у золим қавм билан бирга қилмагин».

348-sahifa · 18-juz · 35-hizb348-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَبِّey Robbimэй Роббимفَلَاbas, emasбас, эмасتَجْعَلْنِىmeni qilginмени қилгинفِىichidaичидаٱلْقَوْمِqavmlarқавмларٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan bu amrda Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamga kelajakda boʻlishi mumkin narsadan panoh tilab duo qilishni oʻrgatmoqda.

«Ey Robbim, agar menga, albatta, ularga vaʼda qilingan narsani koʻrsatadigan boʻlsang...»

Yaʼni, sen mushriklarga vaʼda qilingan azobni ularga tushirib, men uni koʻradigan boʻlsam,

«...Ey Robbim meni zolim qavmlar ichida qilmagin».

Yaʼni, meni ham ular bilan azobga duchor qilmagin.

Albatta, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam maʼsumdirlar, u kishi azobga duchor boʻlmasliklari aniq. Ulamolarimiz Alloh taolo oyat nozil qilib u zot sollallohu alayhi vasallamga bu duoni oʻrgatishining ikkita hikmati borligini aytganlar.

Birinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavozuʼlari va bandaliklarini izhor qilishdir.

Ikkinchisi, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga taʼlimdir.

Keyingi oyatlarda Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilinayotgan xitobni davom ettiradi: