QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят17

يَعِظُكُمُ ٱللَّهُ أَن تَعُودُوا۟ لِمِثْلِهِۦٓ أَبَدًا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar mo`min bo`lsangiz, hargiz u(ifk)ga o`xshash narsaga qaytmasligingizni Alloh sizga va'z-nasihat qilur.Агар мўмин бўлсангиз, ҳаргиз у(ифк)га ўхшаш нарсага қайтмаслигингизни Аллоҳ сизга ваъз-насиҳат қилур.Alauddin Mansour: Agar moʻmin boʻlsangizlar, hargiz unga oʻxshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga pand-nasihat qilur.Агар мўмин бўлсангизлар, ҳаргиз унга ўхшаган нарсаларга қайтмасликларингизни Аллоҳ сизларга панд-насиҳат қилур.

351-sahifa · 18-juz · 35-hizb351-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَعِظُكُمُsizga vaʼz-nasihat qilurсизга ваъз-насиҳат қилурٱللَّهُAllohАллоҳأَن-ni-ниتَعُودُوا۟qaytmasligingizқайтмаслигингизلِمِثْلِهِۦٓunga oʻxshash narsagaунга ўхшаш нарсагаأَبَدًاhargizҳаргизإِنagarагарكُنتُمsiz boʻlsangizсиз бўлсангизمُّؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Oisha onamiz gaplarida davom etib, yana quyidagilarni aytadilar:

«Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh boʻlgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): «Allohga qasamki, Oisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: