فَإِن لَّمْ تَجِدُوا۟ فِيهَآ أَحَدًا فَلَا تَدْخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤْذَنَ لَكُمْ ۖ وَإِن قِيلَ لَكُمُ ٱرْجِعُوا۟ فَٱرْجِعُوا۟ ۖ هُوَ أَزْكَىٰ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, o`sha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni o`ta bilguvchidir.Бас, агар у(уй)ларда бирортани топмасангиз, то сизга изн берилмагунча, уларга кирманг. Агар сизга, қайтинг, дейилса, бас, қайтинг, ўша сиз учун покдир. Аллоҳ нима амал қилаётганингизни ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: Endi agar u (uylarda) hech kimni topmasangizlar, u holda to sizlarga izn berilmaguncha, ularga kirmangiz! Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (yaʼni, kirishga izn berilmasa) qaytib ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yoʻldir). Alloh qilayotgan amallaringizni bilguvchidir.Энди агар у (уйларда) ҳеч кимни топмасангизлар, у ҳолда то сизларга изн берилмагунча, уларга кирмангиз! Агар сизларга «қайтинглар», дейилса (яъни, киришга изн берилмаса) қайтиб кетинглар! Шу сизлар учун энг тоза (йўлдир). Аллоҳ қилаётган амалларингизни билгувчидир.
Oyati karimadagi
«Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang», degan birinchi jumladan ikki xil maʼno chiqadi.
Birinchisi, siz chaqirganingizda birov javob bermasa, ularga kirmang, yaʼni, uyda odam borligi bilinib tursa ham, javob bermayaptimi, to izn bermaguncha, uyga kirmang, degani.
Ikkinchi maʼno, uyning egasi yoki u vakil qilgan odam yoʻq boʻlsa, oʻshalar birov orqali boʻlsa ham, izn bermaguncha, kirmang, degani.
Misol uchun, uy egasi tashqarida biror ish bilan mashgʻul, unga xabar borganda, mehmon kirib oʻtirib tursin, hozir boraman, desa, izn bergan boʻladi.
Agar uyda umuman odam boʻlmasa, shubhasiz, kirish mumkin emas.
«Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, oʻsha siz uchun pokdir.»
Yaʼni, siz kirishga izn soʻragan paytingizda ichkaridan, qayting, degan javob boʻlsa, qayting, oʻsha qaytishingiz siz uchun pok ishdir.
Shu bilan birga, qaytuvchi koʻngliga olmasligi, xafa boʻlmasligi, uy egalari meni hurmatsiz qildi, degan xayolga bormasligi kerak. Chunki, har bir odam xohlaganini uyiga kiritish yoki kiritmaslik haqqiga ega. Biror ish bilan mashgʻul boʻlishi mumkin. Yana, uy egasining oʻzigagina maʼlum boshqa sabablar boʻlishi mumkin. Ushbu oyati karimaga binoan, izn berilmagandan keyin eshik oldida turmasdan, qaytib ketish zarur.
«Alloh nima amal qilayotganingizni oʻta bilguvchidir.»
Jumladan, izn soʻrash, birovning hovli-joyiga iznsiz nazar solish va shunga oʻxshash ishlarda ham qanday yoʻl tutayotganingizni Allohning Oʻzi yaxshi biladi va kezi kelganda hisob-kitob qiladi. Garchi uy egasiga izn soʻrab kelgan odamga «qayting» deyish huquqi berilgan boʻlsa ham, musulmonlar mehmondoʻstliklari, musofirparvarliklari, bir-birlarini va oʻzgalarni juda hurmat qilishlari tufayli bu ruxsatdan foydalanmaganlar. Yaʼni, uylariga kelib, kirishga izn soʻraganlarga, qayting, deb aytmaganlar. Sahobai kiromlardan baʼzilari, ushbu oyatga amal qilish uchun juda koʻp urindik, birovning uyiga chaqirib borganimizda, qayting, degan javob boʻlsa-yu, ortimizga darhol qaytib, oyati karimaga amal qilish sharafiga muyassar boʻlsak, derdik, ammo iloji topilmadi. Qayerga borsak, kiring, degan javob oldik, deganlar.