QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят29

لَّيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَدْخُلُوا۟ بُيُوتًا غَيْرَ مَسْكُونَةٍ فِيهَا مَتَـٰعٌ لَّكُمْ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Maskan bo`lmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yo`qdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir.Маскан бўлмаган, сиз учун фойда бор уйларга (изнсиз) киришингизда гуноҳ йўқдир. Аллоҳ нимани ошкор қилаётганингизни ва нимани яширин қилаётганингизни биладир.Alauddin Mansour: (Birov uchun) maskan boʻlmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn soʻramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur.(Биров учун) маскан бўлмаган (меҳмонхона, карвонсарой каби) сизлар фойдаланадиган уйларга (изн сўрамасдан) киришларингизда сизларга гуноҳ йўқдир. Аллоҳ ошкор қилаётган нарсангизни ҳам, яшираётган нарсангизни ҳам билур.

353-sahifa · 18-juz · 36-hizb353-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّيْسَyoʻqdirйўқдирعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаجُنَاحٌgunohгуноҳأَن-ki-киتَدْخُلُوا۟kirsangizкирсангизبُيُوتًاuylargaуйларгаغَيْرَemasэмасمَسْكُونَةٍۢmaskan boʻlganмаскан бўлганفِيهَاulardaулардаمَتَـٰعٌۭfoyda borфойда борلَّكُمْ ۚsiz uchunсиз учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbiladiбиладиمَاnimaniниманиتُبْدُونَoshkor qilayotganingizniошкор қилаётганингизниوَمَاva nimaniва ниманиتَكْتُمُونَyashirin qilayotganingizniяширин қилаётганингизни
TafsirТафсир

Oyati karimadagi

«Maskan boʻlmagan, siz uchun foyda bor uylar»dan murod mehmonxona, karvonsaroy, choyxona, doʻkonlar kabi koʻpchilikka atalgan joylardir. Unday joylar turli odamlarning kirishi uchun tayyorlab qoʻyilgan. Avval ichiga kirmasa, ish bitirib ham boʻlmaydi. Albatta, mehmonxona yoki shunga oʻxshash joylarda maʼlum xonani ijaraga olgandan keyin, oʻsha ijarachidan izn soʻramay, u xonaga kirib boʻlmaydi.

Ushbu oyati karimadagi taʼlimotlardan koʻrinib turibdiki, Qurʼoni Karim islomiy hayot tarzini oʻrgatuvchi ilohiy kitobdir. U ijtimoiy hayotdagi mazkur masalalarga oʻxshash juzʼiy boʻlib koʻringan odobaxloqlarni ham bayon qilib beradi. Birovning turar joyiga faqat izn soʻrab, ruxsat berilgandan keyingina kirish mumkinligini joriy qilish bilan har bir insonga katta bir insoniy haq ato etilgandir. Inson oʻzini eng erkin, eng tinch, eng xotirjam sezadigan joy uning uyidir. Inson oʻz uyida bemalol boʻla olmasa, hayot tashvishlaridan qayerda forigʻ boʻlib, qayerda hordiq chiqaradi? Shuning uchun ham, Islom dini insonlarni yetarli darajada daxlsizlik bilan taʼminlagan. Hech kim birovning turar joyiga iznsiz kirishga haqli emas.

Albatta, favqulodda holatlar bundan mustasno. Misol uchun, biror uyga oʻt ketganida yoki uy egalari, ularning molu mulki xavf- xatar ostida qolganida, yordam berish uchun iznsiz kiriladi.

Izn soʻrab kirishning eng katta foydalari fohisha ishlarning oldi olinishida, bexosdan avratlarga koʻz tushishidan, nomahramlar xilvatda birga qolishidan, turli shubhalar, nosharʼiy holatlar yuzaga kelishidan saqlanishda koʻrinadi. Bular suraning siyoqiga mos ekanligi oldin ham aytib oʻtildi.

Zino va zinoda ayblashning oldini olish uchun joriy qilingan izn soʻrab kirish haqidagi oyatlardan keyin endi yana oʻsha maqsadni amalga oshirish uchun nihoyatda zarur boʻlgan omillar zikr etiladi.