QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят30

قُل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا۟ مِنْ أَبْصَـٰرِهِمْ وَيَحْفَظُوا۟ فُرُوجَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَزْكَىٰ لَهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen mo`minlarga ayt, ko`zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.Сен мўминларга айт, кўзларини тийсинлар ва фаржларини сақласинлар. Ана шу улар учун покдир. Албатта, Аллоҳ нима ҳунар қилаётганларидан хабардордир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), moʻminlarga ayting, koʻzlarini (nomahram ayollarga tikishdan) toʻssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yoʻldir). Albatta Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мўминларга айтинг, кўзларини (номаҳрам аёлларга тикишдан) тўссинлар ва авратларини (ҳаромдан) сақласинлар! Мана шу улар учун энг тоза (йўлдир). Албатта Аллоҳ улар қилаётган ҳунарлардан хабардордир.

353-sahifa · 18-juz · 36-hizb353-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلsen aytсен айтلِّلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларгаيَغُضُّوا۟tiysinlarтийсинларمِنْ-dan-данأَبْصَـٰرِهِمْkoʻzlariniкўзлариниوَيَحْفَظُوا۟va saqlasinlarва сақласинларفُرُوجَهُمْ ۚfarjlariniфаржлариниذَٰلِكَana shuана шуأَزْكَىٰpokdirпокдирلَهُمْ ۗular uchunулар учунإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳخَبِيرٌۢxabardordirхабардордирبِمَاnimaнимаيَصْنَعُونَhunar qilayotganlaridanҳунар қилаётганларидан
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada zinoga sabab boʻluvchi eng bosh omil–nomahram ayollarga erkaklarning shahvat nazari bilan qarashlari man qilinmoqda. Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, moʻmin erkaklarni nomahram ayollarga nazar solishdan tiyilishga va farjlarni zinodan saqlashga buyurishni amr etmoqda.

Bu degani, erkak kishi ayolning qorasini ham koʻrmasin, degani emas. Balki, hojatdan tashqari qaramasin, deganidir. Misol uchun, bir nomahram ayolga nazari tushishi bilan boshqa tomonga koʻzini bursin, unga qarab turavermasin, qarashi shahvat nazariga aylanib ketmasin, deganidir. Chunki, ayol kishiga bir muddat davomiy qarash erkak odamda shahvoniy tuygʻuni qoʻzgʻatadi. Shahvat bilan qarash zinoga olib borishi ham mumkin. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday qarashlarni «koʻz zinosi» deb ataganlar.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:

«Odam bolasiga zinodan boʻlgan nasibasi yozilgandir. Ikki koʻzning zinosi nazar solishdir. Tilning zinosi gapirishdir. Ikki quloqning zinosi eshitishdir. Ikki qoʻlning zinosi ushlashdir. Ikki oyoqning zinosi yurib borishdir. Nafs orzu va ishtaha qiladi, farj esa, uni yo tasdiqlaydi, yo yolgʻonga chiqaradi».

Musulmon erkak nomahram ayolga qayta-qayta qaramasligi lozim.

Imom Termiziy Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ali, nazarga nazarni ergashtirma! Birinchisi foyda boʻlsa, ikkinchisi senga zarardir», deganlar.

Darhaqiqat, birinchi nazarda zarur maqsad hosil boʻladi. Ammo ketma-ket qarash, avval aytilganidek, shahvat qoʻzgʻatadi.

Shuningdek, bexosdan nazar tushishi ham gunoh emas.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Abdulloh al-Bajariy roziyallohu anhu: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan bexosdan tushgan nazar haqida soʻragan edim, koʻzimni boshqa tomonga burishni amr qildilar», deganlar.

Islomda erkaklar nomahram ayollarga shahvat nazari bilan qarashdan qaytarilibgina qolmay, balki bu amrga rioya etganlari uchun ajru savob va maʼnaviy mukofotlar ham vaʼda qilinadi.

Imom Tobariy Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda: «Albatta, (nomahramga) nazar qilish iblisning zaharlangan oʻqlaridan biridir. Kim Mendan qoʻrqib, u (nazar)ni tark qilsa, badaliga bir iymon beramanki, uning halovatini oʻz qalbida topadi», deyilgan.

Imom Ahmad Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Qaysi bir musulmon bir ayolning goʻzalliklariga nazari tushsa-yu, soʻngra koʻzini olib qochsa, albatta, Alloh uni shunday ibodatga almashtiradiki, uning halovatini topadi», deganlar.

Erkaklarni nomahram ayollarga nazar solishdan qaytaruvchi ushbu oyatni notoʻgʻri talqin qilib, Alloh erkaklarni ayollarga shahvat nazari bilan qarashdan qaytargan, ayollar oʻzlarini avaylab, sharʼiy kiyimda yurishga amr qilinmagan, deyish mutlaqo notoʻgʻridir. Chunki, ayollarning hijobda yurishlari lozimligi haqida boshqa oyatlarda hukm bor.

Nomahram ayollarga nazar solmaslik haqidagi amrdan bir necha holatlar istisno qilingan. Masalan, bir odam uylanmoqchi boʻlsa, u ayolga nazar solishi nafaqat mumkin, balki mustahabdir.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Mugʻiyra ibn Shoʻʼba roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Uylanmoqchi boʻlib, bir ayolga sovchi qoʻygan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Uni koʻrdingmi?»–deb soʻradilar. Men: «Yoʻq», dedim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Sen uni koʻrgin, bu, albatta, oralaringizda yaqinlik hosil qiladi», dedilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ansoriylardan bir ayolga uylanmoqchi boʻlgan kishiga: «Sen uni koʻrgin, ansoriylarning koʻzlarida bir narsa boʻladi», deganlar.

Imom Ahmad Abu Humayddan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz bir ayolga uylanmoqchi boʻlsa, unga nazar solmogʻida gunoh yoʻqdir, chunki u uylanmoq niyatida nazar soladi», deganlar.

Shuningdek, jinoyatchini aniqlash maqsadida tekshirish oʻtkazayotgan shaxslar ham shu majburiyat yuzasidan ayol kishining yuziga qarasa, boʻladi.

Qozi xusumat bilan yoki guvohlik uchun kelgan ayolga hukm chiqarish maqsadida vazifa yuzasidan qarasa, mumkin. Tabib ham tibbiy maqsadlarda qarasa, joiz. Albatta, bu holatlarda sinchiklab qarash haqida soʻz ketmoqda.

Oyati karimadagi «va farjlarini saqlasinlar» iborasi faqat farjni zinodan saqlashni emas, boshqa harom narsalardan ham, jumladan, boshqalarning nazari tushishidan saqlashni ham oʻz ichiga oladi. Avvalo, birovning avratiga qarashdan koʻzni tiyish kerak. Faqat erkaklarning xotinlarning avrat joylariga qarashi taqiqlanayotgani yoʻq, balki erkak erkak kishining avratiga, ayol ayol kishining avratiga qarashi ham man etilmoqda.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Er kishi er kishining avratiga nazar solmaydi, ayol kishi ayol kishining avratiga nazar solmaydi», deganlar.

Imom Abu Dovud hazrati Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Tirikning ham, oʻlikning ham soniga nazar solma», deganlar.

Shu oʻrinda oʻz-oʻzidan, erkak kishining qaysi joylari avrat hisoblanadi, degan savol kelib chiqadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam erkak kishining avrati kindigidan tizzasigacha ekanini aytganlar. Musulmon erkak kishi avratini boshqalarga koʻrsatmasligi lozimdir.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda sahobalardan Jurhad al-Aslamiy: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz bilan oʻtirgan edilar, sonimning ochiq turganini koʻrib: «Son avrat ekanini bilmaysanmi?!»–dedilar», deb aytganlar.

Shuningdek, kishi oʻzi yolgʻiz qolganida ham yalangʻoch boʻlib yurishi yaxshi emas.

Imom Termiziy Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Yalangʻoch boʻlishdan saqlaninglar, chunki faqat qazoi hojat va ahliga yaqinlashish paytidagina ajraladigan zotlar sizlar bilan doimo birgadirlar».

Yaʼni, farishtalar doim sizlar bilan birga, ulardan uyaling, deganlar.

Imom ibn Moja rivoyat qilgan hadisda quyidagilar zikr etiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oʻz xotining va choʻringdan boshqasidan avratingni berkit», dedilar. Bir soʻrovchi: «Ey, Allohning Rasuli, agar bir kishi oʻzi xoli boʻlsa-chi?»–deb soʻradi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taboraka va taolo undan hayo qilmoqqa haqliroqdir», dedilar.»

Bu erkaklarga tegishli masalalar. Ayollarga tegishli masalalar esa, quyidagi oyatda keladi. Ey Muhammad!