QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят31

وَقُل لِّلْمُؤْمِنَـٰتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَـٰرِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا ۖ وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ ءَابَآئِهِنَّ أَوْ ءَابَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَآئِهِنَّ أَوْ أَبْنَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ أَخَوَٰتِهِنَّ أَوْ نِسَآئِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُنَّ أَوِ ٱلتَّـٰبِعِينَ غَيْرِ أُو۟لِى ٱلْإِرْبَةِ مِنَ ٱلرِّجَالِ أَوِ ٱلطِّفْلِ ٱلَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا۟ عَلَىٰ عَوْرَٰتِ ٱلنِّسَآءِ ۖ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ ۚ وَتُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen mo`minalarga ayt: «Ko`zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar zohir bo`lgan ziynatlar bo`lsa (mayli). Ro`mollarini ko`ksilariga to`sib yursinlar. Ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o`g`illariga yo erlarining o`g`illariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining o`g`illariga yo opa-singillarining o`g`illariga yo ayollariga yo o`z qo`llarida mulk bo`lganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (bo`lsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey mo`minlar! Shoyadki, najot topsangizlar».Сен мўминаларга айт: «Кўзларини тийсинлар, фаржларини сақласинлар ва зийнатларини кўрсатмасинлар, магар зоҳир бўлган зийнатлар бўлса (майли). Рўмолларини кўксиларига тўсиб юрсинлар. Зийнатларини кўрсатмасинлар, магар эрларига ё оталарига ё эрларининг оталарига ё ўғилларига ё эрларининг ўғилларига ё ака-укаларига ё ака-укаларининг ўғилларига ё опа-сингилларининг ўғилларига ё аёлларига ё ўз қўлларида мулк бўлганларга ё (аёлларга) беҳожат эркак хизматчиларга ё аёллар авратининг фарқига бормаган ёш болаларга (бўлса, майли). Махфий зийнатларини билдириш учун оёқларини (ерга) урмасинлар. Аллоҳга барчангиз тавба қилинг, эй мўминлар! Шоядки, нажот топсангизлар».Alauddin Mansour: Moʻminalarga ham ayting, koʻzlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) toʻssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda koʻrinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (yaʼni, ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) koʻrsatmasinlar va koʻkraklarini roʻmollari bilan toʻssinlar! Ular zeb-ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo oʻgʻillariga yo erlarining oʻgʻillariga yo oʻzlarining ogʻa-inilariga yo ogʻa-inilarining oʻgʻillariga yo opa-singillarining oʻgʻillariga yo oʻzlari (kabi) ayollarga yo qoʻl ostilaridagi choʻrilarga yo (ayollardan) behojat boʻlgan (yaʼni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan goʻdaklargagina (koʻrsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlar bilinsin uchun oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey moʻminlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar.Мўминаларга ҳам айтинг, кўзларини (номаҳрам эркакларга тикишдан) тўссинлар ва авратларини (ҳаромдан) сақласинлар! Ҳамда кўриниб тургандан бошқа зеб-зийнатларини (яъни, устларидаги либосларидан бошқа зеб-зийнатларини номаҳрамларга) кўрсатмасинлар ва кўкракларини рўмоллари билан тўссинлар! Улар зеб-зийнатларини кўрсатмасинлар, магар эрларига ё оталарига ё эрларининг оталарига ё ўғилларига ё эрларининг ўғилларига ё ўзларининг оға-иниларига ё оға-иниларининг ўғилларига ё опа-сингилларининг ўғилларига ё ўзлари (каби) аёлларга ё қўл остиларидаги чўриларга ё (аёллардан) беҳожат бўлган (яъни, жуда кексайиб қолган ёки ақлсиз-девона) эркак хизматкор-қулларга ё аёлларнинг авратларидан хабардор бўлмаган гўдакларгагина (кўрсатишлари жоиздир). Яна яширган зеб-зийнатлар билинсин учун оёқларини (ерга) урмасинлар! Барчаларингиз Аллоҳга тавба қилинглар, эй мўминлар! Шоядки (шунда) нажот топсангизлар.

353-sahifa · 18-juz · 36-hizb353-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقُلva sen aytва сен айтلِّلْمُؤْمِنَـٰتِmoʻminalargaмўминаларгаيَغْضُضْنَtiysinlarтийсинларمِنْ-dan-данأَبْصَـٰرِهِنَّkoʻzlariniкўзлариниوَيَحْفَظْنَva saqlasinlarва сақласинларفُرُوجَهُنَّfarjlariniфаржлариниوَلَاva emasва эмасيُبْدِينَkoʻrsatmasinlarкўрсатмасинларزِينَتَهُنَّziynatlariniзийнатлариниإِلَّاmagarмагарمَاnarsaнарсаظَهَرَzohir boʻlganзоҳир бўлганمِنْهَا ۖundanунданوَلْيَضْرِبْنَva toʻsib yursinlarва тўсиб юрсинларبِخُمُرِهِنَّroʻmollari ilaрўмоллари илаعَلَىٰustigaустигаجُيُوبِهِنَّ ۖkoʻksilarigaкўксиларигаوَلَاva emasва эмасيُبْدِينَkoʻrsatmasinlarкўрсатмасинларزِينَتَهُنَّziynatlariniзийнатлариниإِلَّاmagarмагарلِبُعُولَتِهِنَّerlarigaэрларигаأَوْyoёءَابَآئِهِنَّotalarigaоталаригаأَوْyoёءَابَآءِotalarigaоталаригаبُعُولَتِهِنَّerlariningэрларинингأَوْyoёأَبْنَآئِهِنَّoʻgʻillarigaўғилларигаأَوْyoёأَبْنَآءِoʻgʻillarigaўғилларигаبُعُولَتِهِنَّerlariningэрларинингأَوْyoёإِخْوَٰنِهِنَّaka-ukalarigaака-укаларигаأَوْyoёبَنِىٓoʻgʻillarigaўғилларигаإِخْوَٰنِهِنَّaka-ukalariningака-укаларинингأَوْyoёبَنِىٓoʻgʻillarigaўғилларигаأَخَوَٰتِهِنَّopa-singillariningопа-сингилларинингأَوْyoёنِسَآئِهِنَّayollarigaаёлларигаأَوْyoёمَاkimlarkiкимларкиمَلَكَتْmulk boʻlganмулк бўлганأَيْمَـٰنُهُنَّoʻz qoʻllaridaўз қўлларидаأَوِyoёٱلتَّـٰبِعِينَxizmatchilargaхизматчиларгаغَيْرِemasэмасأُو۟لِىegalariэгалариٱلْإِرْبَةِehtiyoj (behojat)эҳтиёж (беҳожат)مِنَ-dan-данٱلرِّجَالِerkaklarэркакларأَوِyoёٱلطِّفْلِyosh bolalargaёш болаларгаٱلَّذِينَularуларلَمْemasэмасيَظْهَرُوا۟farqiga borganlarфарқига борганларعَلَىٰ-ga-гаعَوْرَٰتِavratiавратиٱلنِّسَآءِ ۖayollarаёлларوَلَاva emasва эмасيَضْرِبْنَurmasinlarурмасинларبِأَرْجُلِهِنَّoyoqlarini (yerga)оёқларини (ерга)لِيُعْلَمَbildirish uchunбилдириш учунمَاnarsaniнарсаниيُخْفِينَyashirganяширганمِن-dan-данزِينَتِهِنَّ ۚziynatlariзийнатлариوَتُوبُوٓا۟va tavba qilingва тавба қилингإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳجَمِيعًاbarchangizбарчангизأَيُّهَeyэйٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминларلَعَلَّكُمْshoyadki sizшоядки сизتُفْلِحُونَnajot topsangizнажот топсангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, moʻmina ayollarga kiyim kiyish va avrat berkitish borasida oʻzlarini qanday tutishlari lozimligini bayon qilib berishni buyurmoqda.

«Sen moʻminalarga ayt: «Koʻzlarini tiysinlar...»

Musulmon erkaklar kabi, muslima ayollar ham nomahramlarga shahvat nazari bilan qaramasliklari lozimligi ushbu oyatdan tushuniladi. Agar bexosdan nazarlari tushsa, koʻzlarini boshqa tomonga burishlari kerak. Chunki, ayollarning erkaklarga davomli nazar solishlari ham oʻrtada fitna, harom ishlar, zino kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek, ayol kishi boshqa ayolning avratiga nazar solishi ham man etiladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir.

Ulamolarimiz Qurʼoni Karim oyatlarini va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini chuqur oʻrganib chiqib, ayollarning erkaklarga nazar solishida yengil yoʻl tutilganini taʼkidlashgan.

Ayollar bir joyda oʻtirib olib, nomahram erkakka nooʻrin qaramoqliklari harom. Ammo, koʻcha-koʻydagi yoki harom boʻlmagan oʻyinlar oʻynayotgan erkaklarga uzoqdan qarasalar, mayli.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda zikr qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iyd kuni xabashiylarning masjiddagi oʻyinlariga qarab turganlarida Oisha onamiz ham u zotning orqalaridan turib tomosha qilganlar. Ul zot Oisha onamizni ulardan toʻsib turganlar. Oisha onamiz oʻzlariga malol kelgandagina qaytib ketganlar.

Shu bilan birga, oʻsha paytda ayollarning masjid, bozor va bosh- qa joylarga borishiga ruxsat berilgan. Safarlarga chiqqanlar. Tabiiyki, bu holatlarda erkaklarni koʻradilar.

«...farjlarini saqlasinlar...»

Bu ibora erkaklardagi kabi ayollarda ham ikki maʼnoni ifoda etadi: ayollar farjlarini harom ish, zinodan saqlasinlar hamda birovning nazari tushishidan saqlasinlar.

Ayol kishining nomahram erkaklarga nisbatan avrati yuzi va ikki kaftidan boshqa butun badanidir. Maʼlumki, muslima ayolga badanini nomahram erkaklardan toʻsib yurish Alloh tomonidan buyurilgandir. Moʻmina-muslima ayol oʻz sharafini saqlash uchun Allohning amriga itoat etib, avratini nomahram erkaklardan berkitmogʻi kerak. Buning uchun esa, yuzi va ikki kaftidan boshqa butun tanasini toʻsib turadigan kiyim kiymogʻi lozim. Shuningdek, kiyim yupqa, badanga yopishgan va tor boʻlmasligi ham zarur. Umuman, ayollarning libosi nomahram erkaklarning eʼtiborini jalb qilmaydigan darajada boʻlishi kerak.

Imom Abu Dovud Oisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda u zotning oldilariga opalari Asmaʼ binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirganlarida, u yerda oʻtirgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzlarini oʻgirib olganlar va: «Ey Asmaʼ, ayol kishi hayz koʻradigan boʻlganidan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi koʻrinmasligi kerak», deb ikki kaftlari va yuzlariga ishora qilganlari aytilgan.

Ibn Jarir Tobariy oʻz tafsirlarida Oisha onamizdan keltirgan rivoyatda u kishi aytadilarki: «Oldimga ona bir akam Abdulloh ibn Tufaylning qizi ziynatlangan holda kirgan edi. Rasululloh kelib qoldilar va yuzlarini oʻgirdilar. Men: «Ey, Allohning Rasuli, bu ona bir akamning qizi, yosh qiz», dedim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi balogʻatga yetgandan keyin undan yuzi va mana bu joylaridan boshqa joyi koʻrinishi halol emas», deb oʻz bilaklarini tutumlab koʻrsatdilar. Ushlagan joylari bilan kaftlari orasida yana bir tutumcha joy qoldi».

Hanafiy mazhabi ulamolari ayol kishiga yuz va kaftlarini ochib yurishga izn berar ekanlar, yuz va qoʻlni ziynatlamasdan, tabiiy holda tutishni shart qilib qoʻyadilar.

«...va ziynatlarini koʻrsatmasinlar...»

«Ziynat» deganda chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar va ayollar oʻzlarini chiroyli koʻrsatish uchun ishlatadigan turli vositalar koʻzda tutiladi.

Islomda ayol kishiga zebu ziynat halol qilingan. Chunki, chiroyli boʻlishga urinish har bir ayolning tabiatida bor. Alloh ularni shunday qilib yaratgan. Har bir ayol chiroyli koʻringisi keladi. Zamon oʻtishi bilan ziynat oʻzgarishi mumkin, ammo ayol kishining ziynatga boʻlgan ragʻbati oʻzgarmaydi. Islom ayol kishidagi ushbu ragʻbatni eʼtiborga oladi. Ayol kishiga ziynatlanishga ruxsat beradi. Shu maʼnoda erkaklarga harom qilingan tilla, kumush va shoyi ipaklar ayollar uchun haloldir. Lekin Islomda ushbu zebu ziynatning taʼsir doirasi tartibga solingan. Ayollarning zebu ziynatlari nomahram–begona erkaklarning koʻzini oʻynatishga, shahvoniy hislarini qoʻzgʻashga, fitna chiqishiga va zinoga yoʻl ochilishiga sabab boʻlmasligi kerak. Buning uchun ayol kishi ushbu oyatga amal qilib, ziynatini nomahramlardan berkitmogʻi lozim.

«...magar zohir boʻlgan ziynatlar boʻlsa (mayli).»

Yaʼni, berkitishning imkoni boʻlmay qolganda gunoh emas. Misol uchun, beixtiyor shamol turibmi yoki boshqa sababdanmi, ziynati zohir boʻlib koʻrinib qolsa, gunoh hisoblanmaydi.

«Roʻmollarini koʻksilariga toʻsib yursinlar.»

Yaʼni, boshlariga oʻragan roʻmollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, koʻksilari va koʻkraklarini ham toʻsib tursin. Toki, ularning jamoli begona koʻzlarga moʻljal boʻlmasin, turli fitnalar keltirib chiqarmasin.

Ushbu amru farmonlarni haqiqiy moʻmina ayollar ulkan itoat bilan kutib olganlar. Chunki, ularning qalblari ilohiy nur ila munavvar edi. Ularning nafslari ziynatlarini koʻz-koʻz qilishni istasa ham, oʻzlari Allohning farmoniga soʻzsiz boʻysunganlar. Johiliyat davrida ayollar iffat va sharm-hayo bilan kiyinishni bilmas edilar. Chiroylarini koʻz-koʻz qilishda musobaqalashar edilar. Soch oʻrimlarini, boʻyinlarini, tomoqlarini, quloqlaridagi taqinchoqlarini, hatto koʻksilarini ochib yurar edilar. Ushbu oyati karima nozil boʻlganidan keyin moʻmina ayollar tamoman boshqa holatga kirdilar. Buni Oisha onamiz ham juda yaxshi anglatib qoʻyganlar.

Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Oisha onamiz quyidagilarni aytadilar: «Birinchi muhojir ayollarga Allohning rahmati boʻlsin. Alloh «Roʻmollarini koʻksilariga toʻsib yursinlar» oyatini nozil qilishi bilan, darhol, jilbob-toʻnlarini yirtib, roʻmol qilib oʻradilar».

Imom Abu Dovud qilgan rivoyatda esa, Sofiyya binti Shaybar roziyallohu anho quyidagilarni aytadilar: «Biz Oishaning oldida oʻtirib Quraysh ayollari va ularning fazilatlarini zikr qildik. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Albatta, Quraysh ayollarining fazli bor. Ammo men, Allohga qasamki, Allohning kitobini taqsimlashda va nozil boʻlgan narsaga iymon keltirish borasida ansoriy ayollardan afzalini koʻrmadim. Surai «Nur»dagi «Roʻmollarini koʻksilariga toʻsib yursinlar» oyati nozil boʻlganda, erlari ular uchun Alloh nozil etgan narsani tilovat qilib berdilar. Erkaklar oʻz xotini, qizi, singlisi va har bir ayol qarindoshiga tilovat qildilar. Birorta ham ayol qolmay, hammasi, darhol, toʻnini olib, boshiga yopdi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortlaridan (namozda) xuddi boshlarida qargʻa turgandek (qora yopinchiq bilan) turar edilar».

Shunday qilib, Islomda goʻzallikdan zavqlanish halol va toʻgʻri yoʻlga qoʻyildi. Ayollarning chiroyi va zebu ziynatlari begona erkaklarning hirslarini qoʻzgʻovchi emas, balki oʻzlarining jufti halollariga halol zavq beradigan boʻldi.

Shuningdek, ayollarga shahvat bilan qaramaydigan erkaklardan berkinish shart emasligi ham aytib qoʻyildi.

«Ziynatlarini koʻrsatmasinlar...»

Moʻmina ayollar qasddan yoki beparvolik bilan ziynatlarini koʻrsatib yurishi mutlaqo mumkin emas.

«...magar...»

quyidagilarga koʻrsatsalar, mayli:

1. «Erlariga...»

Muslima ayolning ziynatlarini koʻrishga eng haqli odam uning eridir. Shuningdek, er ayol tanasining hamma joyini koʻrishga haqlidir.

2. «...yo otalariga...»

Moʻmina-muslima ayolga uning otasi eng bosh mahram boʻladi. Shuning uchun, unga ziynatini koʻrsatsa, halol. Ota va undan keyin zikr qilinadigan mahramlari uchun ayolning nikohi haromdir, ular unga uylanishni, umuman shahvat bilan qarashni xayollariga ham keltirmaydilar. Shuning uchun, moʻmina ayol ushbu mahramlarga ziynatini koʻrsatsa, boʻladi. Yuzini, qoʻlini, oyogʻini va uy ichida ochib yurishga majbur boʻladigan baʼzi aʼzolarini, jumladan, xamir qilayotganda bilagini, uy supurayotganda boldirini koʻrsatsalar, gunohi yoʻq. Ehtiyoj yuzasidan ruxsat berilgan.

«Otalar» deyilganda katta ota, bobo va bobolarining otalari ham koʻzda tutiladi.

3. «...yo erlarining otalariga...»

Yaʼni, qayin otalariga. Bunga qayin otaning otalari va katta qayin otalarning otalari ham kiradi. Ular ham ota oʻrnida. Ular ham kelinlariga mahram, oʻrtadagi munosabatda uylanish yoki shahvat nazari degan narsalarning boʻlishi mumkin emas.

4. «...yo oʻgʻillariga...»

Bunga oʻz oʻgʻillari, oʻgʻillaridan va qizlaridan boʻlgan oʻgʻil nabira, evara va chevaralar kiradi. Bularning hammasi ham ayol kishi uchun mahram, ular orasida oila qurish yoki shahvat bilan qarash umuman mumkin boʻlmagan ish, shuning uchun ham muslima ayolga ularga ziynatini koʻrsatishga ruxsat berilgan.

5. «...yo erlarining oʻgʻillariga...»

Yaʼni, erlarining boshqa xotindan boʻlgan oʻgʻillari. Bular ham moʻmina-muslima ayol uchun mahram sanaladi. Oralarida nikoh boʻlishi mutlaqo mumkin emas. Chunki, oʻrtada ona-bolalik aloqasi bor. Shuning uchun, zebu ziynat va chiroy oʻrtada shahvatni uygʻotmaydi.

6. «...yo aka-ukalariga...»

Bunda tugʻishgan aka-ukalar, ota bir aka-ukalar va ona bir aka- ukalar hammasi barobardirlar. Ularning barchasi mahram hisoblanadilar, singillarining ziynatini koʻrsalar, mayli.

7. «...yo aka-ukalarining oʻgʻillariga...»

Bunda ham tugʻishgan, ota bir va ona bir aka-ukalarning oʻgʻillari koʻzda tutilgan. Ayol aka-ukalarning farzandlariga amma boʻladi. Oʻrtada mahramlik bor, uylanish yoki shahvat bilan qarash umuman boʻlishi mumkin emas. Boshqa mahramlar qatori, bular ham hayot taqozosi ila doimo bir-birlari bilan koʻrishib, aralashib turishga ehtiyojlari bor. Shuning uchun ham, jiyanlariga ammalarining ziynatlariga qarashlariga ruxsat berilgan.

8. «...yo opa-singillarining oʻgʻillariga...»

Bu holatda ham tugʻishgan, ota bir yoki ona bir opa-singillarining oʻgʻillari koʻzda tutilgan. Ayol ular uchun xola boʻladi. Oʻrtada mahramlik bor. Shuning uchun, moʻmina ayol ziynatlarini ularga koʻrsatsa, boʻladi.

Ammo moʻmina-muslima ayolning erkak mahramlari bu bilan tugamaydi. Oyatda zikri kelmagan mahramlar ham bor. Misol uchun, amakilar, togʻalar va kuyovlar. Shuningdek, emikdoshlik orqali mahram boʻlganlar bor. Ular haqida oyati karimada biror narsa deyilmagan boʻlsa ham, hadislarda kelgan hukmlardan qiyos qilib, moʻmina-muslima ayol ularga ziynatini koʻrsatsa, gunoh yoʻq, deb fatvo berilgan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oisha onamiz roziyallohu anhoga emikdoshlik orqali amakisi va togʻasi boʻlgan erkaklardan qochib, hijob olishga ruxsat bermaganlar. Shunday ekan, nasab orqali boʻlgan amaki va togʻalarga, albatta, ziynatini koʻrsatishga ruxsat bor.

Hadis ilmi sohasidagi eng moʻʼtabar olti kitobda va imom Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»larida Oisha onamizdan rivoyat qilinishicha, Abul Quʼaysning ukasi Aflah kelib, u kishining huzurlariga kirishga izn soʻragan. U Oisha onamizga emikdoshlik orqali amaki edi. Oisha onamiz bu haqda shunday deydilar: «Men unga izn berishdan bosh tortdim. Rasululloh collallohu alayhi vasallam kelganlarida qilgan ishim xususida u zotga xabar berdim. Ul zot collallohu alayhi vasallam menga u (Aflah)ga izn berishimga amr qildilar».

Imom Abu Dovud qilgan rivoyatda bu xusus yana ham ravshanroq bayon etilgan:

«Oisha onamiz quyidagilarni aytadilar: «Huzurimga Aflah kelgan edi, undan yashirindim. U:

«Amaking boʻlsam ham, mendan qochasanmi?!»–dedi. Men:

«Qayerdan menga amaki boʻlasan?!»–dedim. U javob berdi:

«Seni mening akamning xotini emizgan», dedi. Men:

«Meni emizsa, ayol kishi emizgan, erkak kishi emas», dedim. Soʻng oldimga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirdilar, men boʻlgan gapni aytib berdim. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, u amaking boʻladi, huzuringga kiraversin», dedilar».

Yuqorida zikr qilingan mahramlarning hammasi abadiy mahram hisoblanadilar. Yaʼni, ularning mazkur moʻmina ayolga uylanishlari abadiy harom qilingandir. Ammo mahramligi vaqtinchalik shaxslar ham boʻladi. Misol uchun, opa-singillarining erlari vaqtinchalik mahram sanaladi, yaʼni, opa bilan nikohda turgan erkakka uning singlisiga uylanishi harom sanaladi. Opa bilan ajrashgandan keyingina singilni nikohiga olish halol boʻladi.

Ularga nisbatan qanday muomalada boʻlish kerak? Bu hukm shariatda chegaralab qoʻyilmagan. Ulamolarimizning aytishlaricha, buni chegaralashning imkoni ham yoʻq. Chunki, bunday qarindoshlik aloqalari turlicha boʻladi. Shuning uchun, hukmi ham turlicha. Bunda qarindoshlik nisbati, yosh, holatlar, bir joyda yashaydilarmi yoki ayrichami va boshqa omillar ham eʼtiborga olinadi.

Misol uchun, Oisha onamizning opalari Asmaʼ binti Abu Bakr roziyallohu anho Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qaynsingillari boʻladi va u zotdan qochmaganlar. Uylariga bemalol kirib yurganlar. Holbuki, ikkovlari orasidagi nikohning haromligi vaqtinchalik boʻlgan.

Shuningdek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakilarining qizlari Ummu Honiʼ roziyallohu anho ham u zot sollallohu alayhi vasallamdan qochmaganlar. Holbuki, ikkovlarining oralarida nikoh durust boʻlgan.

Shu bilan birga, Zaynab binti Jahsh onamiz Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida Fazl ibn Abbosdan qochganlar. Holbuki, Zaynab binti Jahsh onamiz Fazl ibn Abbosning ammalarining qizi boʻlgan. Shunga oʻxshash holatlarni oʻrgangan ulamolarimiz, yuqorida aytilganidek, bunday ishlarda sharoitga qarab hukm chiqariladi, deganlar.

Shuningdek, qarindoshligida shubha boʻlgan erkaklardan ham moʻmina ayollar oʻzlarini hijobda tutganlari yaxshi, deyiladi.

Endi, mahram hisoblanmasa ham, moʻmina ayol ziynatini koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxslarning zikri keladi.

9. «...yo ayollariga...»

Yaʼni, moʻmina ayollar ayollarga ziynatlarini koʻrsatsalar, boʻladi. Ulamolarimiz bu haqda turli fikrlarni aytganlar. Baʼzilari, «ayollar»dan murod hamma xotinlar, deganlar. Baʼzilari musulmon ayollarni nazarda tutganlar, boshqa birlari esa, oʻzlariga tegishli xotinlar, deb aytganlar. Chunki, fosiqa, fojira ayollar muslima ayolning avratini, ziynatini koʻrsa, unga yaqinlashsa, fisqu fujurga boshlashi, fitna chiqarishi mumkin, deyishgan.

10. «...yo oʻz qoʻllarida mulk boʻlganlarga...»

Bu iboradan qul va choʻrilariga ziynatlarini koʻrsatsalar, boʻlaveradi, degan maʼno chiqadi.

Ammo ulamolarimiz bu haqda ham ikki xil fikr aytishgan. Birinchi toifa ulamolarimiz, bundan murod faqat choʻrilar, qullar emas, chunki qul ham nomahram erkak, shahvati bor, ozod boʻlgandan keyin oʻz ayol xoʻjayiniga uylanishi mumkin, deydilar. Unday boʻlsa, avval «ayollariga» deb turib, keyin «choʻrilariga» deyishning nima hojati bor? Choʻri ham ayol-ku, degan eʼtirozga, avval hur ayollar zikr qilindi, keyin choʻrilarga mumkin emas ekan-da, degan gumon uygʻonmasin uchun ular ham sanab oʻtildi, deydilar.

Ikkinchi toifa esa, «yo oʻz qoʻllarida mulk boʻlganlarga» jumlasidan murod muslima ayolning mulki boʻlgan qul va choʻrilardir, bunda nafaqat choʻri, balki qul ham koʻzda tutilgan, deydilar va oʻz gaplariga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan dalil keltiradilar.

Imom Abu Dovud Anas ibn Molik roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda aytilishicha, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bir qul olib kelib, Fotima roziyallohu anhoga sovgʻa qiladilar. Fotima roziyallohu anhoning esa, bittagina kiyimi boʻlib, boshini berkitsa, oyogʻi ochilib qolar, oyogʻini berkitsa, boshi ochilib qolar edi. U kishining qiynalib qolganini koʻrgan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: «Mayli, senga hech gap yoʻq. Bular sening otang va gʻuloming», dedilar.

Imom Termiziy va boshqa imomlar Ummu Salama onamizdan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz ayollariga: «Agar sizlardan birortangizning mukotabi (bahosini toʻlab, ozod boʻlishga kelishgan quli) boʻlsa va u (oʻz bahosini) ado etishga imkoni boʻlsa, undan hijoblansin», deganlar. Yaʼni, bu odamning ozodligi juda yaqinlashib qoldi. Endi u qul boʻlmaydi, shuning uchun, undan qochish lozim, deganlaridir.

11. «...yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga...»

Bular tabiiy, jismoniy jihatdan erkakliklari oʻlgan kimsalar boʻlib, qorin toʻygʻazish uchun odamlarning xizmatini qilib yuradilar. Ularda umuman shahvat, ayollarga qiziqish degan narsaning oʻzi boʻlmaydi. Muslima ayol ana shunday odamlarga ham ziynatini koʻrsatsa, boʻladi.

12. «...yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (boʻlsa mayli)...»

Chunki, kichkina bolalar avrat nima, shahvat nima, bilmaydilar.

Koʻrish orqali fitna sodir boʻlmasligi, zinoga eltish ehtimoli uygʻonmasligi uchun ularning yoʻli toʻsilgandan keyin, endi, eshitish orqali fitna tugʻdiradigan yoʻllarni ham toʻsib, moʻmina ayollarga:

«Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (yerga) urmasinlar», deyilmoqda.

Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqinchoqlar, qoʻngʻiroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning eʼtiborini jalb etish uchun oyoqlarini yerga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, oʻz navbatida, erkaklarning shahvatini qoʻzgʻagan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin boʻlgan.

Shuning uchun, maxfiy ziynatlarni oshkor etish maqsadida oʻsha ziynatlarning ovozini qasddan chiqarishga harakat qilish ham Islomda taqiqlandi.

Ruhshunos olimlarning taʼkidlashlaricha, baʼzi odamlarda ayollarning chiroyini koʻrib, shahvati qoʻzimasa ham, ulardagi ziynatlarning ovozidan hirslari uygʻonar ekan. Holbuki, Qurʼoni Karim bu haqiqatni bir ming toʻrt yuz yil muqaddam eʼtiborga olgan.

Ushbu oyati karimadan olingan qoidaga binoan, moʻmina-muslima ayollarga begona erkaklarning shahvatini qoʻzgʻatib, fitnaga sabab boʻlmasliklari uchun, nafaqat hirsni qoʻzgʻatadigan ovoz berish, balki shunga vosita boʻlib qoladigan boshqa narsalar ham joiz emas. Shuning uchun ham, moʻmina-muslima ayollarning koʻchaga xushboʻy atirlardan sepib chiqishlari man qilingan.

Imom Nasaiy bunday rivoyat keltiradi: «Abu Hurayra roziyallohu anhu oʻzlariga yoʻliqqan bir ayoldan xushboʻy hidni sezib qolib:

«Ey, Jabborning bandasi, masjiddan keldingmi?!»–dedilar. U ayol:

«Ha», deb javob qaytardi. Abu Hurayra roziyallohu anhu:

«Men oʻz habibim Abul Qosim sollallohu alayhi vasallamdan:

«Alloh taolo ushbu masjidga xushboʻy atir sepib kelgan ayolning namozini to u ayol junublikdan keyin gʻusl qilgandek gʻusl qilmagunicha qabul qilmaydi», deganlarini eshitganman», dedilar».

Imom Termiziy Abu Muso al-Ashʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Har bir koʻz zinokordir. Qaysi bir ayol atir sepib olib, bir majlis ahli oldidan oʻtsa, bundoqdir, bundoqdir», deb ogʻir narsani aytganlar.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarning shirali ovoz bilan erkaklar eʼtiborini tortishini ham man qilganlar.

«Allohga barchangiz tavba qiling, ey moʻminlar! Shoyadki, najot topsangizlar.»

Yaʼni, ushbu bayon qilingan holatlarda sizdan xato oʻtgan boʻlsa, Allohga tavba qiling va bu xatolarni boshqa takrorlamang. Shundagina najot topishingiz mumkin.

Oʻrni kelganda, ushbu hukmlarga bogʻliq boshqa masalalarni ham eslab oʻtish lozim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam moʻmina-muslima ayollarning begona erkak bilan, hatto erkak qarindoshi bilan ham yolgʻiz qolishini man qilganlar. Faqat yonida mahrami boʻlsagina, boshqalar bilan bir joyda tursa boʻladi.

Imom Termiziy Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Eri gʻoyib ayollarning oldiga kirmanglar. Chunki, shayton har biringizning qoningizda yuradi», deganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda esa, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsa, mahrami yoʻq ayol bilan xoli qolmasin, aksinchada, uchinchilari shayton boʻladi», deganlar.

Agar nomahram erkak va ayol birga qolsalar, hech boʻlmaganda, boshqalarda shubha tugʻiladi, turli gap-soʻzlar koʻpayadi. Bu esa, ifk hodisasi kabi musiybatlarga olib keladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari ham bu masalada juda hushyor boʻlganlar.

Imom Abu Dovud keltirgan rivoyatda quyidagilar bayon qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda eʼtikof oʻtirganlarida zavjai mutahharalari Sofiyya onamiz kechasi u zotni ziyorat qilgani keldilar. Suhbatlari tugab, u kishi qaytib ketayotganlarida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam u kishini kuzatib eshik oldiga bordilar. Ikkovlari gaplashib turganlarida ansoriylardan ikki kishi oʻtib qoldilar. Ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni koʻrishlari bilan tez yurib keta boshladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkovlariga:

«Shoshmanglar! Bu ayol Sofiyya binti Huyaydir», dedilar. Ular:

«Subhanalloh! Ey, Allohning Rasuli!» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, shayton odamlarning qon tomirlarida yuradi. Ikkovingizning qalbingizga biror yomonlik solmasin, deb qoʻrqdim», dedilar.

Shuningdek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkakning qoʻli nomahram ayolning hech bir joyiga tegmasligi lozimligini qattiq tayinlaganlar. Oʻzlari bayʼat olgan vaqtlarida ham ayollarning qoʻllaridan tutmaganlar.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam moʻmina-muslima ayolning yolgʻiz oʻzi yoki nomahram erkak bilan safar qilishini qattiq man etganlar.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilarki, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam xutba qilayotib:

«Bir erkak bir ayol kishi bilan hargiz xoli qolmasin, agar ayolning mahrami boʻlsa, mayli. Ayol kishi safarga zinhor mahramsiz chiqmasin», dedilar. Shunda bir kishi oʻrnidan turib:

«Ey, Allohning Rasuli, mening ayolim hajga chiqdi, men esa falon joyda boʻladigan gʻazotga yozildim», dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam unga:

«Sen borib ayoling bilan birga haj qil!»–dedilar.

Ushbu hadisdan koʻrinib turibdiki, ayol kishini hatto hajga ham yolgʻiz yuborib boʻlmas ekan. Hatto, Allohning, dinu diyonatning yoʻlida qilinadigan jihodni qoʻyib boʻlsa ham, ayolning mahrami u bilan birga hajga borishi taʼkidlanmoqda. Chunki, safar mashaqqat va xavfdan xoli emas. Moʻmina ayollarni mashaqqat va xavfda yolgʻiz qoldirishga uning mahramlarining erkaklik gʻururlari ham yoʻl bermasligi kerak. Yoʻlda ayolning xizmatini qilib, qiyinchiliklardan, xavf-xatar va turli koʻngilsizliklardan himoya etib borishi kerak.

Shuningdek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkak-ayollarning bir-biriga aralashib yurishini juda qattiq man qilganlar.

Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Abu Usayd al-Ansoriy aytadilarki, «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam masjid tashqarisida turib, yoʻlda erkaklar bilan ayollar aralashib ketganini koʻrdilar va ayollarga: «Sizlar orqada qolinglar, sizlar yoʻlning oʻrtasidan emas, chekkasidan yuringlar!»–dedilar. Ayollar devor tagidan yura boshladilar. Ular devorga juda yaqin yurganlaridan kiyimlari unga tegib ketar edi».

Jamoat boʻlib namoz oʻqish, juma namozini ado etish naqadar ahamiyatli ekanini har bir musulmon yaxshi biladi. Juma farz. Jamoat namozini esa, baʼzilar vojib, baʼzilar sunnati muakkada, deydilar.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida: «Xohlar edimki, birovni odamlarga jamoat namozini oʻqib berishga buyurib qoʻyib, oʻzim borib jamoat namoziga kelmaganlarning uyiga oʻt qoʻyib yuborsam», deganlar. Bu va bundan ham shiddatliroq maʼnoni anglatuvchi hadislar juda koʻp. Juma namozini uzrsiz qoldirgan odamning gunohi haqida gapirib oʻtirmasa ham boʻladi. Lekin erkak-ayol aralashib yurishi yaxshi emasligi eʼtiborga olinib, ayol kishiga jumaga bormaslikka ruxsat berilgan.

Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat bilan juma oʻqish har bir musulmon uchun haqqu vojibdir. Faqat toʻrt kishigagina: qulga, ayol kishiga, yosh bolaga va kasal odamga (vojib emas)», deganlar.

Jamoat namoziga ayollarning qatnashmasliklari afzal ekanini ochiq-oydin aytganlar.

Imom Ahmad va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda Ummu Humayd as-Sogʻidiy ismli sahobiya ayol kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga:

«Ey Allohning Rasuli, men siz bilan birga namoz oʻqishni yaxshi koʻraman», debdilar. Ul zot collallohu alayhi vasallam:

«Albatta, men sening men bilan namoz oʻqishni yaxshi koʻrishingni bilaman. Sening uyingdagi namozing hujrangdagi namozingdan yaxshiroqdir. Hujrangdagi namozing hovlingdagi namozingdan yaxshiroqdir, hovlingdagi namozing qavming masjididagi namozingdan yaxshiroqdir, qavmingning masjididagi namozing mening masjidimdagi namozingdan yaxshiroqdir», deb javob berganlar.

Toʻgʻri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga masjidga kelib namoz oʻqishga ruxsat berganlar. Lekin bu shartli ruxsatdir.

Imom Ahmad ibn Hanbal va imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: «Xotinlaringizni masjiddan man qilmanglar. Uylari ular uchun yaxshiroqdir», deganlar.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarni moʻʼtadil ravishda ziynatlanib, lozim topilgan joylarda atir-upalar bilan xushboʻylashib yurishga targʻib qilganlar. Ammo shu bilan birga, zebu ziynat orqasidan quvib, haddan oshishdan, shariatga xilof ish qilishdan qattiq qaytarganlar. Ana shunday man qilingan ishlar qatoriga ayol kishining sochiga boshqa sochni ulash va ulatish, yasama xol qoʻyish va qoʻydirish, qoshni ingichka qilib terish va terdirish, tishlarining orasini sunʼiy ravishda ochish va ochtirish, yuzining rangini butunlay oʻzgartirish uchun turli vositalar bilan yuvish va yuvdirish kabi amallar ham kiradi.

Moʻmina-muslima ayollarga bu ishlarni qilishlari ham, boshqalarga bajartirishlari ham mutlaqo mumkin emas.

Bularning barchasi jamiyatda behayolik, shahvoniy buzuqlik, fohisha gap-soʻzlar, jinsiy axloqsizlik va zino tarqalishining oldini oladigan choralardir. Ushbu ilohiy tadbirlarga bandalar chin ixlos bilan amal qilgan taqdirdagina jamiyat mazkur iflosliklar va ijtimoiy kasalliklardan pok boʻladi.

Endi keladigan oyatda esa, jinsiy buzuqlik, fahsh va zinoning oldini oladigan eng asosiy omillardan biri zikr etiladi: