QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят3

ٱلزَّانِى لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, mo`minlarga harom qilinmishdir.Зинокор эркак фақат зинокор ёки мушрика аёлга никоҳланур. Зинокор аёлга фақат зинокор ёки мушрик эркак никоҳланур. Бу, мўминларга ҳаром қилинмишдир.Alauddin Mansour: Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (yaʼni, zinokor ayollarga uylanish) moʻminlarga harom qilingandir.Зинокор эркак фақат зинокор аёлга ёки мушрикага уйланур. Зинокор аёлга фақат зинокор эркак ёки мушрик уйланур. Ва бу (яъни, зинокор аёлларга уйланиш) мўминларга ҳаром қилингандир.

350-sahifa · 18-juz · 35-hizb350-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلزَّانِىzinokor erkakзинокор эркакلَاemasэмасيَنكِحُnikohlanurникоҳланурإِلَّاfaqatфақатزَانِيَةًzinokor ayolgaзинокор аёлгаأَوْyokiёкиمُشْرِكَةًۭmushrika ayolgaмушрика аёлгаوَٱلزَّانِيَةُva zinokor ayolва зинокор аёлلَاemasэмасيَنكِحُهَآunga nikohlanurунга никоҳланурإِلَّاfaqatфақатزَانٍzinokor erkakзинокор эркакأَوْyokiёкиمُشْرِكٌۭ ۚmushrik erkakмушрик эркакوَحُرِّمَva harom qilinmishdirва ҳаром қилинмишдирذَٰلِكَbuбуعَلَى-ga-гаٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларга
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning maʼnosini anglab yetish uchun, avvalo, uning nozil boʻlish sababini oʻrganib chiqaylik.

Imom Abu Dovud, imom Termiziy va imom Nasaiy rivoyat qilgan hadisda bu haqda quyidagilar aytiladi:

«Marsad ibn Abu Marsad degan kishi asirlarni (zaifligi tufayli hijrat qila olmay, mushriklar qoʻliga tushib qolgan musulmonlarni) Makkadan Madiynaga olib kelar edi. Makkada Anoq ismli buzuq ayol ham bor edi. U ayol unga oʻynashlik qilardi. Marsad Makkada bir odamga uni (yaʼni, oʻsha odamni) olib ketish haqida vaʼda bergan edi. Marsadning oʻzi bunday hikoya qiladi: «Oydin kechada Makka devorlaridan birining ostiga kelib turdim. Anoq keldi. Devor ostidagi sharpani koʻrdi. Yaqinimga kelib, meni tanidi va:

«Marsadmisan?»–dedi. Men:

«Marsadman», dedim. U:

«Xush kelibsan! Marhabo, kel, bu kechani biznikida oʻtkaz», dedi. Men unga:

«Ey Anoq, Alloh zinoni harom qildi», dedim. U esa:

«Ey chodirdagilar! Manavi odam asirlaringizni olib ketmoqda!»–deb baqirdi. Sakkiz kishi chiqib, quvib qolishdi. Men toqqa qochdim va oʻsha yerdagi gʻorga berkinib oldim. Ular kelib, ustimda toʻxtadilar. Hatto, boshimdan siyib ham yuborishdi. Lekin Alloh ularning koʻzini koʻr qildi, meni koʻrmadilar. Soʻngra qaytib ketdilar. Men ham qaytib borib, odamimni topib, olib ketdim. Juda ham ogʻir ekan. Bir izxir daraxtining ostigacha koʻtarib bordim-da, qoʻl-oyogʻini yechdim. Soʻngra uni Madiynaga olib bordim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirib:

«Ey, Allohning Rasuli, Anoqni nikohlab olaymi?» deb ikki marta aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jim boʻlib qoldilar. Menga hech narsa demadilar. Soʻngra:

«Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, moʻminlarga harom qilinmishdir» oyati nozil boʻldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Marsad, zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanadi, uni nikohingga olma», dedilar».

Koʻrinib turibdiki, moʻmin erkak va ayollarga zinokor erkak va ayollar bilan nikoh aloqasi bogʻlash mumkin emas. Zoniya ayolga faqat oʻziga oʻxshagan zinokor yoki moʻmin boʻlmagan mushrik erkak tengdir. Shuningdek, zinokor erkakka oʻziga oʻxshagan zoniya yoki moʻmina boʻlmagan mushrika ayol tengdir. Zinokorga nikohlanish moʻminlarga harom qilingandir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida zinokor zino qilayotgan paytida moʻminligi qolmasligini aytganlar. Biz oʻrganayotgan oyati karimaga binoan, moʻminlar oʻzlarini zinokorlardan, ular bilan nikohda boʻlishdan saqlashlari lozim. Chunki, nikoh muqaddas bogʻlanishdir, zinokorlar unga loyiq emaslar. Ularni musulmonlar nikohga munosib bilib, izzat qilishlari notoʻgʻri. Ular oʻzlariga oʻxshagan nopoklar bilan aloqada boʻlaversinlar. Ammo bundan zinokor musulmon ayol mushrik erkak bilan turmush qursa, boʻlar ekan, degan gap kelib chiqmaydi. Maqsad zinoning naqadar yomon ish ekanini koʻrsatishdir.

Darhaqiqat, zino insonni hayvonga aylantiradigan amaldir. Zinokorlar xohishini jilovlay olmagan hayvondan farq qilmaydi. Shuning uchun ham, musulmon jamiyatda zino qattiq qoralanadi. Zinokorlar hamma tarafdan qadrsizlantiriladilar. Moʻminlarni ular bilan nikoh aloqasida boʻlishdan qaytarish ham shu maqsadda qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, zinokor yo Islom jamiyati jismidan umuman olib tashlanadi yoki qadrsizlantirilib, toʻlaqonli aʼzo boʻlish imkonidan mahrum etiladi. Koʻpchilikning guvohligida sharmanda qilinib, darra uriladi. Guvohligi qabul qilinmaydigan boʻladi, moʻminlar bilan nikohda boʻlishdan man etiladi va hokazo.

Zino shunchalik gunoh boʻlgach, birovni zinoda ayblash ham ogʻir gunoh hisoblanadi. Kim birovni zinoda ayblasa, isbot qilib berishi talab etiladi, isbot qila olmasa, oʻzi tuhmatchi sifatida jazoga tortiladi.

Kelgusi oyatda aynan shu masalada soʻz yuritiladi: