QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят50

أَفِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَمِ ٱرْتَابُوٓا۟ أَمْ يَخَافُونَ أَن يَحِيفَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَرَسُولُهُۥ ۚ بَلْ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning qalblarida maraz bormi?! Yoki shubha qildilarmi?! Yoxud Alloh va Uning Payg`ambari ularga zulm qilishidan qo`rqadilarmi?! Yo`q! Ularning o`zlari zolimlardir.Уларнинг қалбларида мараз борми?! Ёки шубҳа қилдиларми?! Ёхуд Аллоҳ ва Унинг Пайғамбари уларга зулм қилишидан қўрқадиларми?! Йўқ! Уларнинг ўзлари золимлардир.Alauddin Mansour: Ularning dillarida maraz bormi yoki (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning haq paygʻambar ekanligidan) shubhalandilarmi yoxud Alloh va Uning paygʻambari oʻzlariga zulm qilishidan qoʻrqarlarmi?! Yoʻq! Ularning oʻzlari zolimlardir.Уларнинг дилларида мараз борми ёки (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг ҳақ пайғамбар эканлигидан) шубҳаландиларми ёхуд Аллоҳ ва Унинг пайғамбари ўзларига зулм қилишидан қўрқарларми?! Йўқ! Уларнинг ўзлари золимлардир.

356-sahifa · 18-juz · 36-hizb356-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفِى-da bormi-да бормиقُلُوبِهِمularning qalblaridaуларнинг қалбларидаمَّرَضٌmarazмаразأَمِyokiёкиٱرْتَابُوٓا۟shubha qildilarmiшубҳа қилдилармиأَمْyoxudёхудيَخَافُونَqoʻrqadilarmiқўрқадилармиأَن-idan-иданيَحِيفَzulm qilishiзулм қилишиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمْulargaуларгаوَرَسُولُهُۥ ۚva Uning Paygʻambariва Унинг Пайғамбариبَلْyoʻq!йўқ!أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُularning oʻzlariуларнинг ўзлариٱلظَّـٰلِمُونَzolimlardirзолимлардир
TafsirТафсир

Ogʻzi bilan Iymon, Islom daʼvosini qilib turib, amalga kelganda yuz oʻgirib ketuvchilarda uch holatdan biri boʻladi, yoʻqsa, bunchalar past ketmas edilar. Ana oʻsha uch holat bu oyatda uchta savol ila bildirilmoqda:

Birinchisi:

«Ularning qalblarida maraz bormi?!»

Tili bilan moʻmin-musulmonlik daʼvosida turib, voqelikda unga amal qilmaslik uchun, avvalo, qalbda maraz–tuzalmas dard boʻlishi kerak. Chunki, qalbi sogʻlom odam tili bilan aytgan gapning xilofini qila olmaydi. Men moʻmin-musulmonman, deb turib, oʻzi kofir va fosiqning ishini qilishga sogʻlom qalb yoʻl bermaydi.

Ikkinchisi:

«Yoki shubha qildilarmi?!»

Ularning voqelikda moʻmin-musulmonlikka amal qilmayotganiga yana bir sabab, Iymon va Islomning nur ekaniga, Allohning hukmi haqligiga shubha-gumonda ekanliklari boʻlsa kerak. Agar Iymon va Islomning nur ekaniga hamda Allohning hukmi haq ekaniga shubhalanmasa, ularga amal qilishi lozim boʻlar edi.

Uchinchisi:

«Yoxud Alloh va Uning Paygʻambari ularga zulm qilishidan qoʻrqadilarmi?!»

Ularning voqelikda moʻmin-musulmonlikka amal qilmasliklariga yana bir sabab, Iymon va Islom taqozosi boʻyicha ish yuritilsa, Alloh va Uning Paygʻambari sollallohu alayhi vasallam odamlarga zulm oʻtkazadi, degan qoʻrqinch ham boʻlishi mumkin. Agar shunday qoʻrqinch boʻlmasa, Allohning hukmiga, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatiga amal qilishlari lozim edi.

«Yoʻq!»

Alloh va Uning Paygʻambari hech kimga zulm qilmaydi. Chunki, Allohning adolati mutlaqdir. U zot hammaning Robbidir. U barchaga barobardir. Shuning uchun, Alloh taolodan zarracha zulm sodir boʻlishi mumkin emas. Allohning Paygʻambari sollallohu alayhi vasallam boʻlsalar, U zotning ishonchli elchisidirlar. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan ham zarracha zulm sodir boʻlishi mumkin emas. Chunki, zulm degan narsa u zot sollallohu alayhi vasallamning tabiatlarida yoʻq. Alloh taolo u kishini maʼsum qilgan. Agar boshqalarga zarracha zulm qiladigan boʻlganlarida, Alloh taolo u kishini Oʻziga elchilikka tanlab olmas edi.

«Ularning oʻzlari zolimlardir.»

Ha, demak, gap bu yoqda ekan: Allohning hukmiga yurmaganlarning oʻzlari zolimdirlar. Chunki, Allohning hukmiga yurmaslikning oʻzi eng katta zulm. Alloh va Uning Paygʻambari zulm qiladi, degan gumonda boʻlishning oʻzi katta zulmdir. Aslida, Allohning hukmidan boshqa barcha hukm ayni zulmdir.

Allohning hukmiga yurishdan bosh tortayotganlar kimning hukmiga yuradi? Albatta, oʻziga oʻxshagan maxluqning hukmiga yuradi. Allohdan boshqaning hukmi esa, kim boʻlishidan qatʼinazar, mutlaq odil boʻla olmaydi.

Allohning hukmiga yurishdan bosh tortayotganlar yakka hokimning hukmiga yurishni xohlashlari mumkin. Avvalo, oʻsha yakka hokimning odamlarga hukmini oʻtkazishga nima haqqi bor?! Qolaversa, inson hukm chiqarishda eng avval oʻzining va oʻziga yaqinlarning manfaatini oʻylashi turgan gap. Voqelik shuni tasdiqlaydi. Dunyoda oʻz manfaatini oʻylamagan hech bir yakka hokim oʻtgani yoʻq. Shunday ekan, bu boshqalarga nisbatan zulm emasmi?!

Allohning hukmiga yurishdan bosh tortayotganlar biror firqaning hukmiga yurishni xohlashlari mumkin. Ammo bu ham ayni zulmdir. Nima uchun odamlar qandaydir bir firqaning hukmi asosida yashashlari kerak? Axir, hammalari bir xil odamlar-ku! Undan soʻng, har qanday firqa hukmini yuritayotganda, avvalo, oʻz aʼzolarining manfaatini oldinga qoʻyishi turgan gap. Bu esa, zulmning oʻzginasidir. Dunyoda oʻz aʼzolari manfaatini koʻzlamagan hech qanday firqa boʻlmagan, boʻlmaydi ham. Shunday ekan, firqaga aʼzo boʻlmaganlarga nisbatan bu hol ayni zulm emasmi?!

Allohning hukmiga yurishdan bosh tortayotganlar hozirgacha qurilmagan va barpo etilishi mumkin ham boʻlmagan «xalq hokimiyati» asosida yashashni xohlashlari mumkin. Farazan, shunday boʻldi ham, deylik, lekin dunyoda oʻzining manfaatlarini oʻzgalardan ustun qoʻymaydigan biror xalq bormi? Yoʻq. Demak, bu holatda ham adolat boʻlishi mumkin emas. Demak, bu ham zulmdir.

Shuningdek, Allohning hukmi boʻyicha yashashni istamayotganlar maʼlum bir davlat yoki maʼlum bir davlatlar uyushmasi hukmi asosida yashashni xohlashlari mumkin. Ammo bu holatda ham va taklif qilinishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda ham haqiqiy adolat aslo yuzaga chiqmaydi.

Ha, Allohning hukmidan boshqaning hukmi zulmdir. Allohning hukmiga yurishni xohlamaganlar zolimlardir. Allohdan boshqaning hukmini xohlovchilar moʻmin emas.

Haqiqiy moʻmin-musulmonlarning Alloh taolo va Uning Paygʻambari hukmiga nisbatan munosabatlari tamoman boshqacha boʻladi.