وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَخْشَ ٱللَّهَ وَيَتَّقْهِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Allohga va Uning Payg`ambariga itoat etsa hamda Allohdan qo`rqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana o`shalargina yutuqqa erishguvchilardir.Ким Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарига итоат этса ҳамда Аллоҳдан қўрқиб, Унга тақво қилса, бас, ана ўшаларгина ютуққа эришгувчилардир.Alauddin Mansour: Kim Alloh va Uning paygʻambariga boʻyinsunsa va Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsa, bas, ana oʻshalargina (baxt-saodatga) erishguvchilardir.Ким Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига бўйинсунса ва Аллоҳдан қўрқиб, тақво қилса, бас, ана ўшаларгина (бахт-саодатга) эришгувчилардир.
Shunday ekan, kim dunyoyu oxiratda yutuqqa erishmoqchi boʻlsa, Allohga va Uning Paygʻambariga itoat etsin. Allohning Qurʼoniga va Paygʻambarining sunnatiga amal qilsin.
Kim dunyoyu oxiratda yutuqqa erishmoqchi boʻlsa, Allohdan qoʻrqib yashasin, Allohga taqvo qilib yashasin.
Allohning va Paygʻambarining hukmiga munofiqlar bilan haqiqiy moʻminlarning munosabati bayon qilib boʻlinganidan soʻng, endi yana munofiqlar haqidagi gap kelgan joyidan davom ettiriladi: