۞ وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ لَئِنْ أَمَرْتَهُمْ لَيَخْرُجُنَّ ۖ قُل لَّا تُقْسِمُوا۟ ۖ طَاعَةٌ مَّعْرُوفَةٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular agar amr qilsang, albatta (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) ma'lum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt.Улар агар амр қилсанг, албатта (жиҳодга) чиқишлари ҳақида Аллоҳ номи билан жон-жаҳдлари ила қасам ичарлар. Сен: «Қасам ичманглар! (Бу жиҳод) маълум тоатдир! Албатта, Аллоҳ нима амал қилаётганларингиздан хабардордир», деб айт.Alauddin Mansour: (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta (jihodga) chiqishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichdilar. Ayting: «Qasam ichmanglar! (Jihod) maʼlum ibodatdir (yaʼni, bu haqda qasam ichishga hojat yoʻqdir). Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir».(Мунофиқлар) агар сиз амр этсангиз, албатта (жиҳодга) чиқишлари ҳақида жон-жаҳдлари билан қасам ичдилар. Айтинг: «Қасам ичманглар! (Жиҳод) маълум ибодатдир (яъни, бу ҳақда қасам ичишга ҳожат йўқдир). Албатта Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир».
Ogʻzida moʻmin-musulmonlikni daʼvo qilib, lekin Iymon, Islom taqozosi ila ish tutmaydigan munofiqlar gaplarini tasdiqlash maqsadida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, agar siz amr etsangiz, biz, albatta, jihodga chiqib, urush qilamiz, deb lof urar, Alloh nomiga jon-jahdlari bilan qasam ichar edilar.
«Ular agar amr qilsang, albatta, (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar.»
Ular nifoqlarini yashirishga qanchalik urinsalar ham, Alloh taolo hamma narsani bilib turadi-ku. Shuning uchun ham, U zoti taboraka va taolo Paygʻambariga bu haqda xabar berib munofiqlarga nima deyishlarini oʻrgatmoqda:
«Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) maʼlum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt».
Ha, boʻladigan gap shu:
«Qasam ichmanglar!»
Nega qasam ichasizlar! Jihodga chiqish yangilik emas.
«(Bu jihod) maʼlum toatdir!»
Jihod qadimdan Alloh taologa toat-ibodat sifatida maʼlum va mashhur boʻlib kelayotgan amaldir. Sizlar jon-jahdlaringiz bilan qasam ichib, lof urmasangiz ham:
«Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir».
Haqiqiy jihodga chiquvchi kim-u, jihodga chiqish haqida lof urib, munofiqlik qiluvchi kim ekanini yaxshi biladi.
Keyingi oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga munofiqlarga aytishlari lozim gaplarning qolganini oʻrgatmoqda: