QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят54

قُلْ أَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ ۖ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُوا۟ ۚ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَـٰغُ ٱلْمُبِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohga itoat qilinglar, Payg`ambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz o`girib ketsangiz, u(Payg`ambar)ga o`ziga yuklatilgan narsa, sizga o`zingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Payg`ambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», deb ayt.Сен: «Аллоҳга итоат қилинглар, Пайғамбарга итоат қилинглар. Бас, агар юз ўгириб кетсангиз, у(Пайғамбар)га ўзига юклатилган нарса, сизга ўзингизга юклатилган нарса. Агар унга итоат қилсангиз, ҳидоят топурсиз. Пайғамбарнинг зиммасида очиқ-ойдин етказишдан бошқа нарса йўқ», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Allohga boʻyinsuningiz va Paygʻambarga boʻyinsuningiz! Endi agar yuz oʻgirsangizlar bas, (paygʻambar) zimmasida oʻziga yuklangan narsa (yaʼni, odamlarga Allohning dinini yetkazish) bordir, sizlarning zimmangizda esa oʻzlaringizga yuklangan narsa (paygʻambarga boʻyinsunish) bordir. Agar unga boʻyinsunsangiz, hidoyat topursizlar. Paygʻambar zimmasida (sizlarni zoʻrlab dinga kirgizish emas, balki) faqat (sizlarga Haq dinni) yetkazish bordir.Айтинг: «Аллоҳга бўйинсунингиз ва Пайғамбарга бўйинсунингиз! Энди агар юз ўгирсангизлар бас, (пайғамбар) зиммасида ўзига юкланган нарса (яъни, одамларга Аллоҳнинг динини етказиш) бордир, сизларнинг зиммангизда эса ўзларингизга юкланган нарса (пайғамбарга бўйинсуниш) бордир. Агар унга бўйинсунсангиз, ҳидоят топурсизлар. Пайғамбар зиммасида (сизларни зўрлаб динга киргизиш эмас, балки) фақат (сизларга Ҳақ динни) етказиш бордир.

357-sahifa · 18-juz · 36-hizb357-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтأَطِيعُوا۟itoat qilinglarитоат қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَأَطِيعُوا۟va itoat qilinglarва итоат қилингларٱلرَّسُولَ ۖPaygʻambargaПайғамбаргаفَإِنbas, agarбас, агарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirib ketsangizюз ўгириб кетсангизفَإِنَّمَاbas, faqatginaбас, фақатгинаعَلَيْهِuning zimmasidaунинг зиммасидаمَاnarsaнарсаحُمِّلَunga yuklatilganунга юклатилганوَعَلَيْكُمva sizning zimmangizdaва сизнинг зиммангиздаمَّاnarsaнарсаحُمِّلْتُمْ ۖsizga yuklatilganсизга юклатилганوَإِنva agarва агарتُطِيعُوهُunga itoat qilsangizунга итоат қилсангизتَهْتَدُوا۟ ۚhidoyat topursizҳидоят топурсизوَمَاva emasва эмасعَلَىzimmasidaзиммасидаٱلرَّسُولِPaygʻambarningПайғамбарнингإِلَّاboshqa narsa yoʻq, faqatбошқа нарса йўқ, фақатٱلْبَلَـٰغُyetkazishетказишٱلْمُبِينُochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Yaʼni, ey odamlar: «Allohga itoat qilinglar!» Allohga itoat etish–Uning Qurʼoniga amal qilishdir. Demak, Qurʼonga amal qilinglar. «Paygʻambarga itoat qilinglar!» Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat etish–u zotning sunnatlariga amal qilishdir. Demak, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilinglar.Allohga ham, Paygʻambarga ham itoat qilmasdan, «Bas, agar yuz oʻgirib ketsangiz...» oʻzingizga qiyin boʻladi. Chunki: «...u(Paygʻambar)ga oʻziga yuklatilgan narsa...» U ham boʻlsa, Paygʻambarlikni sizlarga yetkazish. Bu ishni u aʼlo darajada ado etdi. Endi u oʻz mukofotini oladi. «...sizga oʻzingizga yuklatilgan narsa.» Yaʼni, sizga Paygʻambar yetkazgan narsaga itoat qilish. Siz buni ado etmasangiz, jazo olasiz. «Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz.» Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam faqat hidoyatga boshlaydi. Ammo itoat qilmasangiz, unga hech bir zarar yetmaydi. Chunki: «Paygʻambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yoʻq». Shuning uchun, sizning yuz oʻgirib ketishingiz unga hech qanday zarar keltirmaydi. Balki oʻzingiz zarar koʻrasiz. Endi keladigan oyatda esa, iymon taqozosi ila amal qiladigan kishilarga–haqiqiy moʻminlarga beriladigan mukofotlar haqida soʻz yuritiladi: