QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят55

وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ كَمَا ٱسْتَخْلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ ٱلَّذِى ٱرْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِى لَا يُشْرِكُونَ بِى شَيْـًٔا ۚ وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin o`tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O`zi rozi bo`lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so`ng omonlikni badal qilib berishni va'da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o`shalar, o`zlari fosiqlardir.Аллоҳ сизлардан иймон келтириб, солиҳ амалларни қилганларга уларни ер юзида худди улардан олдин ўтганларни халифа қилганидек халифа қилишни, улар учун Ўзи рози бўлган динни мустаҳкамлашни ва уларнинг хавф-хатарларидан сўнг омонликни бадал қилиб беришни ваъда қилди. Менгагина ибодат қилурлар ва Менга ҳеч нарсани ширк келтирмаслар. Шундан кейин ҳам ким куфр келтирса, бас, ана ўшалар, ўзлари фосиқлардир.Alauddin Mansour: Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan (iymon-eʼtiqodli) zotlarni (Yer yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham Yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini Makkada koʻrgan) xavfu-xatarlaridan soʻng (Madinada) tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas, ular itoatsiz kimsalardir.Аллоҳ сизлардан иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларга худди илгари ўтган (иймон-эътиқодли) зотларни (Ер юзига) халифа-ҳукмрон қилганидек, уларни ҳам Ер юзида халифа қилишни ва улар учун Ўзи рози бўлган (Ислом) динини ғолиб-мустаҳкам қилишни ҳамда уларнинг (аҳволини Маккада кўрган) хавфу-хатарларидан сўнг (Мадинада) тинчлик-хотиржамликка айлантириб қўйишни ваъда қилди. Улар Менга ибодат қилурлар ва Менга бирон нарсани шерик қилмаслар. Ким мана шу (ваъда)дан кейин куфрони (неъмат) қилса, бас, улар итоатсиз кимсалардир.

357-sahifa · 18-juz · 36-hizb357-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعَدَvaʼda qildiваъда қилдиٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганمِنكُمْsizlardanсизларданوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниلَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْalbatta, ularni xalifa qilishniалбатта, уларни халифа қилишниفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаكَمَاxuddi ...dekхудди ...декٱسْتَخْلَفَxalifa qilganidekхалифа қилганидекٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниمِن-dan-данقَبْلِهِمْulardan oldin oʻtganlarniулардан олдин ўтганларниوَلَيُمَكِّنَنَّva albatta, mustahkamlashniва албатта, мустаҳкамлашниلَهُمْular uchunулар учунدِينَهُمُdinlariniдинлариниٱلَّذِىu dinkiу динкиٱرْتَضَىٰOʻzi rozi boʻlganЎзи рози бўлганلَهُمْular uchunулар учунوَلَيُبَدِّلَنَّهُمva albatta, ularga badal qilishniва албатта, уларга бадал қилишниمِّنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгخَوْفِهِمْxavf-xatarlaridanхавф-хатарлариданأَمْنًۭا ۚomonlikniомонликниيَعْبُدُونَنِىMengagina ibodat qilurlarМенгагина ибодат қилурларلَاemasэмасيُشْرِكُونَshirk keltirmaslarширк келтирмасларبِىMengaМенгаشَيْـًۭٔا ۚhech narsaniҳеч нарсаниوَمَنva kimва кимكَفَرَkufr keltirsaкуфр келтирсаبَعْدَkeyinкейинذَٰلِكَshundanшунданفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларهُمُoʻzlariўзлариٱلْفَـٰسِقُونَfosiqlardirфосиқлардир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan iymon keltirib, solih amallar qilganlariga koʻp bashoratlar vaʼda qilmoqda. Oʻsha vaʼdalar quyidagilardir:

«Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin oʻtganlarni xalifa qilganidek, xalifa qilishni...»

Oldingi oʻtgan ummatlardan qaysi biri Alloh taologa iymon keltirgan va bu iymoni haqiqiy boʻlib, butun vujudini qamrab olgan hamda oʻsha haqiqiy iymonlari taqozosi ila solih amallar qilib hayot kechirgan boʻlsa, Alloh taolo ularni yer yuziga Oʻzining xalifasi etib tayinlab qoʻygan edi. Yer yuzida hukmi yuritilishi uchun ularni Oʻziga oʻrinbosar qilib qoʻygan edi. Endi oʻshalar kabi yer yuzida xalifa boʻlish imkoniyati faqat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarida bordir. Ularning mazkur xalifalikka erishishlari uchun asosiy shart–iymon keltirib, amali solih qilishdir. Islom ummati qachon ushbu shartni bajarganida, Alloh taolo vaʼdasining ustidan chiqqan.

Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning hayotlari paytida ular Arabiston Yarim oroli, Bahrayn, Yaman va boshqa joylarda xalifa boʻlib, Allohning amrini yurita boshladilar.

Ul zotdan soʻng esa, hazrati Abu Bakr Siddiq davrlarida Islom davlati chegaralari Fors, Shom va Misrning bir qancha yerlari qadar kengaydi.

Ikkinchi xalifa Umari Odilning vaqtlarida Islom mazkur yurtlarning hamma joylariga tarqaldi. Oʻsha paytdagi dunyoning eng katta ikki imperiyasi–Rim va Fors imperiyalari inqirozga uchradilar. Ularning oʻrnini Islom davlati egalladi.

Hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning davriga kelib esa, Islom davlati hududlari yer yuzining mashriqidan magʻribigacha kengaydi.

Bu ulkan futuhotlarning asosiy sababi musulmonlarning pok iymoniyu solih amallari boʻldi. Musulmonlar oʻsha shartni bajarganlari uchun, Alloh ularga imkon berib, yer yuzida xalifa qilib qoʻydi. Shu bilan birga, Alloh taolo musulmonlarga iymonlari va amali solihlari uchun boshqa narsalarni ham, jumladan:

«...ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan dinni mustahkamlashni...» vaʼda qildi.

Mazkur davrda, yaʼni, Rasuli Akram va xulafoi roshidinlar davrida musulmonlar haqiqiy iymon sohiblari boʻlib, amali solihda bardavom boʻlganlar va Alloh taolo ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan dinni–Islom dinini yer yuzida mustahkamladi. Hamma Islomga tobe boʻldi. Islom hukmi asosida, Islom adolati ostida yashay boshladilar.

Buning ustiga, Alloh taolo iymonlari va solih amallari uchun:

«...ularning xavf-xatarlaridan soʻng omonlikni badal qilib berishni vaʼda qildi».

Ushbu oyat haqida ar-Robiʼ ibn Anas Abul Oliyadan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari Makkada oʻn yildan koʻproq vaqt Allohning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishga va Unga shirk keltirmaslikka maxfiy ravishda, qoʻrqqan hollarida daʼvat etdilar. Ularga urush qilish buyurilmadi. Balki Madiynaga hijrat qilishga amr qilindilar. Bas, u yerga keldilar va Alloh taolo ularga urush qilishni amr etdi. Oʻshanda ham xavf-xatar ostida edilar. Kechasiyu kunduzi qurol bilan yurardilar. Bunga ham Alloh xohlaganicha sabr qildilar. Bir kuni sahobalardan biri:

«Ey, Allohning Rasuli, biz endi abadiy shunday xavfda oʻtamizmi? Bizga silohimizni qoʻyadigan kun kelmaydimi?»–deb soʻradi. Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam:

«Faqat ozgina sabr qilasizlar, xolos, soʻngra sizlardan har biringiz toʻp-toʻp odamlar ichida oʻtirsa ham, yonida bir parcha temir boʻlmaydigan kunlar keladi», dedilar. Alloh taolo ushbu oyatni nozil qildi. Bas, Alloh Paygʻambarini Arabiston Yarim oroliga zohir qildi. Hammalari omonlikka kirdilar, qurolni qoʻydilar. Soʻngra Alloh Paygʻambarini Oʻziga oldi. Undan keyin Abu Bakr, Umar va Usmonlarning davrlarida ham omonlikda boʻldilar. Undan keyin boʻlgan ishlar boʻldi. Ularga Alloh yana xavfni qaytardi. Bas, ular shartni yoʻqotib, holni oʻzgartirdilar, oʻzlari ham oʻzgarishga duchor boʻldilar».

«Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar.»

Ana oʻshanda Men ularni yer yuziga xalifa qilib, dinlarini mustahkam etib, xavflari oʻrniga omonlikni beraman.

«Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana oʻshalar, oʻzlari fosiqlardir.»

Shuncha narsani koʻrib-bilib turib kufr keltirgan odam fosiq boʻlmasa, kim fosiq boʻlsin?!

Islom tarixiga diqqat bilan nazar tashlar ekanmiz, ushbu oyati karima moʻʼjizasi oldida bosh egamiz. Musulmon ummati iymoniga qanchalik sodiq boʻlsa, Allohning yolgʻiz Oʻziga qanchalik sidqidildan ibodat etsa, dinga qanchalik koʻp amal qilsa, yer yuzini obod qilishda shunchalik peshqadam boʻlgan, Islom dini shunchalik mustahkam turgan, omonliklari shunchalik ishonchli boʻlgan. Aksincha, musulmonlarning iymoni qanchalik zaif, Allohga ibodatda qanchalik sust va dinga amal qilishlari qanchalik oz boʻlgan boʻlsa, yer yuzini obod etish borasida shunchalik ortda qolganlar, dinlari shunchalik gʻarib boʻlgan va koʻpdan-koʻp xavf-xatarlarga yoʻliqqanlar. Oʻn toʻrtinchi hijriy asrning oxiri va oʻn beshinchi hijriy asrning boshlarida bu holat misli koʻrilmagan darajaga yetdi. Musulmonlar hech qachon bu qadar zaiflashmagan edilar. Ular Alloh taolo bergan vaʼdaga qayta erishishlari uchun, yer yuziga xalifalik qilib, uni obod etish masʼuliyatini qaytadan qoʻllariga olishlari uchun, dinlari mustahkam va oʻzlari omonlikda boʻlishlari uchun, iymonlari baquvvat, amali solihlari bardavom va Allohning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishlari kutilganidek boʻlmogʻi lozim.

Buning uchun esa, quyidagi oyatda zikr qilingan amrni toʻla- toʻkis ado etish kerak: