وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Namozni to`kis ado etinglar, zakot beringlar va Payg`ambarga itoat qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangiz.Намозни тўкис адо этинглар, закот беринглар ва Пайғамбарга итоат қилинглар. Шоядки, раҳим қилинсангиз.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), namozni toʻkis ado etinglar, zakotni ato etinglar va paygʻambarga boʻyinsuninglar. Shoyad rahmatga erishsangizlar.(Эй мўминлар), намозни тўкис адо этинглар, закотни ато этинглар ва пайғамбарга бўйинсунинглар. Шояд раҳматга эришсангизлар.
Chunki, namoz bandani doimo Alloh taolo bilan bogʻlab, oʻz sohibining qalbini toʻgʻrilab turadi. Namoz moʻmin kishining iymoni baquvvat boʻlishiga, amali solihlar qilishiga va faqat Allohning Oʻziga ibodat etib, U zotga hech kimni shirk keltirmasligiga vosita boʻladi. Ammo namozni toʻkis ado etmasdan turib iymon, amali solih va Allohning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilish haqida gapirish mumkin emas. Demak, yer yuziga xalifa boʻlish, Islom dinini mustahkamlash va omonlikka erishish haqida xayol qilmasa ham boʻladi.
Shuningdek, zakotni ado etish ham kishida baxillik hissini yoʻqotib, jamiyatda ichki bir poklanishni olib keladi, oʻzaro tushunish va hurmatni kuchaytiradi, yana boshqa koʻpgina yaxshiliklarga sabab boʻladi. Zakotni risoladagidek ado etmasdan turib, musulmonlar hech bir muvaffaqiyat haqida oʻylamasalar ham boʻladi.
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish esa, barcha kattayu kichik muvaffaqiyatlarning garovidir, busiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat etish u zot sollallohu alayhi vasallam hayotliklarida shaxslariga ergashish bilan boʻlgan boʻlsa, vafotlaridan keyin sunnatlariga amal qilish bilan boʻladi. Bu xususda ulamolarimiz ibratli bir voqeani misol qilib keltiradilar. Mujohid musulmonlar jihod lardan birida qoʻllaridan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishlariga qaramasdan, raqiblaridan ustun boʻla olmabdilar. Buning sababi haqida chuqur oʻylashibdi. Hamisha osonlik bilan erishib kelgan gʻalabaga endi erisha olmay turganlari nimadan ekanligi, hozirgi raqibdan bir necha bor kuchlilarini ham osonlik bilan yenggan kishilar nima uchun bularni yenga olmayotganlari haqida fikr yuritishibdi. Oxiri, ayb oʻzimizda boʻlsa kerak, degan fikrga kelishibdi. Oʻylab koʻrishsa, darhaqiqat, oʻsha payt Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan biriga amal qilmay qoʻyishgan ekanlar. Darhol, bu kamchilikni bartaraf etib, barcha mujohidlar oʻsha tark etilgan sunnatga amal qilishni yoʻlga qoʻyibdilar va raqib ustidan gʻolib kelibdilar.
Shunday ekan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilmay turib, muvaffaqiyat haqida oʻylashning oʻzi kulgilidir.
Demak, musulmonlar oʻzlariga rahim qilinishini xohlasalar, namozni toʻkis ado etsinlar, zakotni bersinlar va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga boʻyinsunsinlar.
Kelgusi oyatda moʻmin-musulmonlar peshvosi Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob etiladi:
Ey Muhammad!